Tvm” fakulteti “ O’zbek tilini sohda qo’llanilishi ” fanidan


Download 61.14 Kb.
bet4/7
Sana18.02.2023
Hajmi61.14 Kb.
#1211167
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
o\'zbek tili davlat tili

9-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlar umumittifoq tashkilotlari bilan munosabatlarda millatlararo muomala tilini qo‘llaydilar.
Ittifoqdosh va avtonom respublikalar, shuningdek xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan aloqalarda taraflar uchun maqbul til qo‘llanadi.
10-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sudlov o‘zbek, qoraqalpoq tillarida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni sudda qatnashuvchi kishilar bilmagan taqdirda bu kishilar uchun tarjimon orqali ishga oid materiallar bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat hakamligi mahkamalarida korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘rtasidagi xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, hal qilishda o‘zbek tili qo‘llanadi. Zarurat bo‘lganda xo‘jalik nizolari millatlararo muomala tilida ham qarab chiqilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi va boshqa respublikalar korxonalari, tashkilotlari va muassasalari xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, hal qilishda ham millatlararo muomala tili qo‘llanadi.
11-modda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida, xalq deputatlari shahar, qishloq va qo‘rg‘on Sovetlari ijroiya komitetlarida notarial ishlar respublika davlat tilida yuritiladi. Murojaat etuvchi kishi talabiga ko‘ra, rasmiylashtirilayotgan hujjatlar matni davlat notarius tomonidan yoki notarial ishni bajarayotgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan rus tiliga yoki imkoniyat doirasida unga maqbul tilga tarjima qilib beriladi.
12-modda.
O‘zbekiston Respublikasida grajdanlik holatini qayd etuvchi hujjatlar hamda turli shahodatnomalar respublika davlat tilida yoziladi, millatlararo muomala tilida tarjimasi takrorlanadi.
13-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi grajdanlarga o‘qishda tilni erkin tanlash huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xududida respublika davlat tilida, shuningdek rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman tillarida hamda respublikada zich yashaydigan boshqa millatlarning tillarida umumiy o‘rta ma’lumot olishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida, mavjudlari bilan bir qatorda, o‘zbek tilida, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa ularning tilida maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarini ochish ta’minlanadi.

Download 61.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling