Tvm” fakulteti “ O’zbek tilini sohda qo’llanilishi ” fanidan


Download 61.14 Kb.
bet3/7
Sana18.02.2023
Hajmi61.14 Kb.
#1211167
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
o\'zbek tili davlat tili

5-modda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida, syezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis va kengashlar respublikaning davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi.
Mehnat kollektivlarida majlislar davlat tilida, shuningdek, majlis ahli tanlangan tilda olib boriladi.
Majlis ishtirokchilari istagan tilda so‘zga chiqishlari mumkin: ularning nutqlari majlisning ish tiliga tarjima qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro, umumittifoq va respublikalararo simpoziumlar, konferensiyalar, kengashlar va majlislarda respublika davlat tili va majlis ahli tanlagan til qo‘llanadi.
6-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaror va boshqa hujjatlari respublika davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va e’lon etiladi. Rasmiy nashrlarda ularning rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa tillardagi tarjimasi beriladi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida tayyorlanadi, qabul qilinadi va e’lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi.
7-modda.
O‘zbekiston Respublikasida muassasa, korxona, tashkilot va birlashmalarda ish respublika davlat tilida yuritiladi.
Mehnat ahlining ko‘pchiligi o‘zbek tilini bilmaydigan korxona, muassasa, tashkilot va birlashmalarda ish respublika davlat tili bilan bir qatorda rus tili yoki boshqa tillarda ham olib boriladi. Bunday korxonalarning ro‘yxati xalq deputatlari rayon, shahar Sovetlarining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti tomonidan belgilanadi.
Umumittifoq tasarrufidagi korxonalarda ish respublika davlat tili bilan bir qatorda rus tilida ham yuritiladi.
8-modda.
O‘zbekiston Respublikasidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari respublika davlat tilida, shuningdek millatlararo muomala tilida tayyorlanadi, respublikadan tashqariga jo‘natiladigan hisobot va moliya hujjatlari esa rus tilida yoki tegishli tomonga maqbul tilda yoziladi.

Download 61.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling