Tvm” fakulteti “ O’zbek tilini sohda qo’llanilishi ” fanidan


Download 61.14 Kb.
bet2/7
Sana18.02.2023
Hajmi61.14 Kb.
#1211167
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
o\'zbek tili davlat tili

1-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zbek tilini butun choralar bilan rivojlantiradi va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida amal qilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida rus tilini SSSR xalqlarining millatlararo muomala tili sifatida rivojlantirish va undan erkin foydalanish ta’minlanadi.
Milliy va rus, rus va milliy tillarda muloqot qilishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida yashab turgan barcha millat va elatlar tillarining erkin amal qilishini ta’minlaydi, ushbu tillar ravnaq topishi, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘linishi uchun tegishli sharoit yaratadi
2-modda.
O‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulkidir.O‘zbekiston Respublikasi davlat tilining ravnaqi, qo‘llanishi va muhofazasini har tomonlama ta’minlashga oid barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasining huquqi doirasiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil va teng huquqli respublika sifatida o‘z hududida tilga oid har qanday masalani hal qilish huquqiga ega.
3-modda.
O‘zbekiston Respublikasida yashaydigan har bir shaxsning davlat, jamoat idoralari va tashkilotlariga ish yuzasidan taklif, ariza hamda shikoyat bilan davlat tilida murojaat etish va javoblar olish huquqi ta’minlanadi. Grajdanlarning boshqa tillarda ham murojaat etish huquqlari, davlat tili va millatlararo muomala tilida javob olishi imkoniyati ta’minlanadi.
4-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida ishlovchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart.
O‘z faoliyatiga ko‘ra aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq shaxslar xizmat vazifasini bajarish uchun davlat tilini zarur bo‘lgan darajada bilishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zbek tilini bilmaydigan grajdanlarga respublika davlat tilini bepul o‘rgatish va o‘qitishni ta’minlaydi.

Download 61.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling