U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Bosh hisobchining asosiy vazifalari


Download 1.35 Mb.
bet145/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

Bosh hisobchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– buxgalteriya hisobini mazkur yo‘riqnomaga va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob
ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda tashkil etish;
– buxgalteriya hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylash-
tirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini
oldindan nazorat qilish;
– budjet mablag‘larini, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lar-
ning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri
sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning
butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
– tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobining qonun-
chilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
– tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan
to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipen-
diyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqish;
– smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy
shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga
oshirish;
– pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shu-
ningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda
qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiy-
lashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
– moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy
qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan
tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
– moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalari
hisobini yuritish va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilish;

201
– moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va


topshirish;
– tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga
ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo‘limlari
yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda
tutilmagan bo‘lsa);
– asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning
saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarining, hisob registrlari, shuningdek, xarajatlar
smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash
(agar rejalashtirish bo‘limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi
lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo‘lsa);
– qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarning bajarilishini
ta’minlash.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling