U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


ILOVALAR 1- i l o v a BUXGALTERIYA HISOBIGA OID ATAMALAR LUG‘ATI


Download 1.35 Mb.
bet163/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

ILOVALAR 1- i l o v a
BUXGALTERIYA HISOBIGA OID ATAMALAR LUG‘ATI
Ayni paytda ongimizga ishbilarmonlik, tadbirkorlik, bank sohalaridagi ijtimoiy-
iqtisodiy hodisalarni o‘z vaqtida tahlil qilib qayd etish kundalik hayotimizdan o‘z
o‘rnini topmoqda. Shu bois, davr ruhigà hamnafas iqtisodiy g‘oyalarni, jumladan,
buxgalteriya hisobini o‘rganishda zarur bo‘lgan ibora va iqtisodiy atamalarning
izohli lug‘ati kasb-hunar kollejlari talabalari bilimini boyitishida ushbu qo‘llanmani
yanada to‘ldiradi.
A
Avans
– bo‘nak. Biror ish evaziga keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan
oldindan beriladigan pul, mahsulot, oziq-ovqat va h.k.
Avizo
– hisob-kitob operatsiyasi xususidagi rasmiy bildirish, mijozlarga bank
tomonidan A. orqali amalga oshirilgan debet va kredit operatsiyalari,
yozuvlari, hisobdagi qoldiqlar, pul o‘tkazishlar, chek yozuvlari,
akkreditiv ochish va boshqa yozuvlar xususidagi ma’lumotlarning
berilishi.
Averaj
– tovarning o‘rtacha miqdori.
Akkreditiv – (lat. accredo-ishonaman) – bank yoki omonat banklarining biror shaxs
yoki tashkilotga ma’lum miqdordagi mablag‘ni berish haqida boshqa
bank yoki kassaga yuborgan buyruq qog‘ozi, masalan, jamg‘armalar
bankiga qo‘yilgan pulni istalgan omonat bankidan olish uchun
berilgan hujjat.
Aksiz
– keng iste’mol mollari (qand, gugurt, tuz, tamaki va h.k.) ga
solinadigan qo‘shimcha ustama soliq. Mahsulotga yoki ko‘rsa-
tilayotgan xizmat (kommunal, transport va boshqa turdagi xizmatlar)
narxi ustiga qo‘yiladi.
Aksiya
– aksionerlik (hissadorlik) jamiyati tomonidan shu jamiyat kapitaliga
o‘z hissasini qo‘shgan paychilarga, ya’ni hissadorlarga beriladigan
va ularga jamiyat ishida qatnashish huquqini beradigan hujjat,
qimmatbaho qog‘oz. A.turli ko‘rinishda bo‘ladi: «nomli» A.– umumiy
yig‘ilishda aksionerga ovoz berish huquqini tasdiqlaydi, dividend
olish huquqini (kafolatsiz) beradi; «imtiyozli» A.– aksionerga faoliyat
natijasidan qat’i nazar muayyan miqdordagi dividend olish kafolatini
beruvchi, lekin aksionerlik jamiyati umumiy yig‘ilishida ovoz berish
huquqini bermaydigan aksiya.
Aksept
– 1. shartnoma tuzishga rozilik. 2. Veksel (tratta) bo‘yicha qarzni to‘lab
berish. 3. To‘lovchining hujjatga muvofiq pul o‘tkazib berishga
kafolatli roziligi.
Aktivlar
subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida
avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar

231
quyidagi turlarga bo‘linadi: uzoq muddatli aktivlar; aylanma (joriy)


aktivlar.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling