U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
Kontraktiv – bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini
aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv, schyotining qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Kontrpas- – bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyotining qoldig‘idan chegirib tashlanadi. Korrektura – buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi xatolarni tuzatish. Korrektura usulining mohiyati shundan iboratki, bunda noto‘g‘ri yozuvning ustidan yupqa qilib chiziladi, uning yon tomoniga yoki tepasiga to‘g‘ri yozuv yoziladi va bu to‘g‘rida muayyan hujjatning tagida hisobning shu sohasiga javobgar shaxs yoki bosh buxgalter tomonidan izoh beriladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Qilingan tuzatishga «tuzatilgani to‘g‘ri» degan yozuv ilova qilinadi va tuzatish sanasi ko‘rsatiladi. Schotlar – ikkiyoqlama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa schyotlar korrespondensiyasi deyiladi. Bu korres- pondensiya qatnashuvchi schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar korrespondensiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodkasi deyiladi. Kredit – (lat. creditum–qarz) 1) kirim-chiqim daftarining chiqimlari; 2) qarzga mol berish, shuningdek, qarzga beriladigan mol, pul; 3) ma’lum xarajatlar uchun chiqariladigan pul, mablag‘; Davlat K– davlatning zayom obligatsiyalari chiqarish yo‘li bilan qarz olishi. Bank, sug‘urta uyushmalari va aholining barcha tabaqalari kreditor bo‘lishlari mumkin. Bank K. – pul ssudasi ko‘rinishidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan qarz. Tijorat K – bir tadbirkorning ikkinchisiga mahsulotning pulini keyin to‘lash sharti bilan sotish. Xalqaro K. – davlatlar o‘rtasida qarz olish, qarz berish munosabatlari. Kredit – kichik o‘lchamdagi plastik yoki metall kartochka ko‘rinishidagi hujjat bo‘lib, bankdagi hisob sohibining shaxsini tasdiqlaydi va unga naqd pullar yordamisiz tovar va xizmatlarga haq to‘lash huquqini beradi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling