U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 1.35 Mb.
bet80/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

2 – t o p s h i r i q.
«Ipaktekstil» tikuvchilik fabrikasida chaqaloq kiyimlari komplekti ishlab
chiqariladi. Har bir tayyor mahsulot (komplekt) uchun ishchiga 1640 so‘mdan
haq to‘lanadi. Har bir normadan ortiqcha ishlab chiqarilgan komplekt uchun 1655
so‘mdan haq to‘lanadi. Kunlik norma miqdori 9 ta komplektdan iborat. Korxonaning
bu mahsulotni ishlab chiqarish sexida 4 nafar ishchi ishlaydi.
Topshiriqni bajarish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar:
1. Korxona ishchisi Azimova N. kun davomida 12 ta komplekt tikadi.
2. Nizomova K. kun davomida 9 ta komplekt tikadi.
3. Ibragimova D. kun davomida 14 ta komplekt tikadi.
4. Abdurahimova S. kun davomida 7 ta komplekt tikadi.
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
1. Barcha xodimlarga ish haqi hisoblang.
2. Hisoblangan ish haqidan daromad solig‘ini undiring.
3. Hisoblangan ish haqidan boshqa ajratmalarni undiring.

109
VI BO‘LIM


ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT
TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH HISOBI
6.1. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBINI
TASHKIL QILISH ASOSLARI VA HISOBNING VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom» buxgalteriya hisobi va hisoboti
to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq, xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlar, jismoniy va huquqiy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi, rezi-
dentlar, mahsulotlar, ish, xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni
aniqlashning bir xilligini ta‘minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatiga bardoshliligini aniqlashdir.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish vazifalari quyidagilardan
iborat:
1. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq haqiqiy
xarajatlarni o‘z vaqtida to‘liq hisobda aks ettirish.
2. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida pul, material va mehnat
resurslaridan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazorat olib borishni ta’minlash.
3. Mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish rejasi bajarilishini
nazorat qilish.
4. Mahsulot ayrim turlarining haqiqiy tannarxini hisoblash.
5. Ishlab chiqarishda foydalanilmagan zaxiralarini aniqlash.
6. Xo‘jalikda brak hisobiga nobudgarchiliklar va boshqa ishlab
chiqarishdagi unumsiz xarajatning bo‘lishiga qarshi kurash olib borish.
7. Ishlab chiqarish xo‘jalik hisobi faoliyati natijalarini aniqlash.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling