6.9. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA
MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH
USULLARI
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini
kalkulyatsiya qilish usuli deb u yoki bu mahsulot birligining tannarxini
aniqlashda qo‘llaniladigan usullar tizimiga aytiladi.
Kalkulyatsiya usulini qo‘llash quyidagi asosiy omillar bilan
aniqlanadi.
1. Ishlab chiqarish turi va murakkabligi.
2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, xarakteri.
3. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi.
4. Ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi.
Ishlab chiqarish hisobining oxirgi bosqichi bu xarajatlarni mah-
sulotning ayrim turlari bo‘yicha dasturlashtirish va mahsulot birligi
tannarxini aniqlashdir. Kalkulyatsiya qilish 4 usuldan iborat bo‘lib, oddiy,
bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi.
Oddiy usul, oddiy ishlab chiqarishda, ya’ni ko‘mir, neft, gaz qazib
chiqarishda, issiqlik va elektr quvvati ishlab chiqarishda, dehqonchilik,
chorvachilik tarmoqlarida qo‘llaniladi. Bu usulda bitta mahsulotning
o‘rtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar summasini xarajat moddalari
bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlash yo‘li bilan aniq-
lanadi.
Bo‘limli usul – metallurgiya, to‘qimachilik, yengil sanoat, kimyo
va boshqa sanoat korxonalarida qo‘llaniladi. Bu korxonalarda ishlab
chiqarish bo‘limlar yoki bosqichlardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan,
to‘qimachilik sanoati, ip yigiruv, to‘quv va bo‘yash bo‘limlaridan tashkil
topgan. Bo‘limli usulda tayyor mahsulotning tannarxi oxirgi bo‘limda
aniqlanadi. Bo‘limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shuki, unda
har bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir
bo‘limli bosqichi bo‘yicha alohida hisobga olinib, bu xarajatlar hisobi
mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulyatsiya moddalari
bo‘yicha yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |