118
Brak hisobiga nobudgarchilik summasi unumsiz xarajatning bir turi
bo‘lib, u mahsulot tannarxining oshishiga va korxona daromadining
kamayishiga olib keladi. Brak hisobiga nobudgarchiliklar summasi
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga ko‘ra
ishlab chiqarish tan-
narxining «Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar moddasi»
tarkibida tannarxga qo‘shiladi.
Brak ishlab chiqarish o‘z yaroqlilik darajasiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Tuzatilishi mumkin bo‘lgan mahsulot.
2. Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan mahsulot.
Brak topilgan joyiga ko‘ra ikki xil, ya’ni ichki va tashqi brakka
bo‘linadi. Texnik nazorat bo‘limining xodimlari bunday mahsulotlarni
akt hujjatlari bilan rasmiylashtiradilar.
Brakning kelib chiqish sababi,
uning aybdori, aybdordan ushlab qolinadigan mablag‘ va boshqa
ma’lumotlar ana shu dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Sintetik hisobi
2610-«Ishlab chiqarishdagi brak» schyotida yuritiladi.
Tuzatilishi mumkin bo‘lmagan brak bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish
schyoti ma’lumotlari asosida uning haqiqiy tannarxi hamma asosiy
xarajatlar va umumishlab chiqarish xarajatlari yig‘indisidan
tashkil
topadi. Aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar bo‘yicha joyida dalolatnoma
tuzilib ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish 2610-
schyoti bo‘yicha analitik hisobi korxonaning alohida sexlari bo‘yicha,
mahsulot turlari bo‘yicha, xarajatlar moddalari bo‘yicha, yaroqsiz
mahsulotning vujudga kelish sabablari va aybdorlari bo‘yicha yuritiladi.
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni hisobga olish»
schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: