U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haqiqiy xarajatlar
Kassa xarajatlari – bu budjet tashkilotining talab qilib olgunga
qadar depozit hisob-varag‘idan bank muassasasi tomonidan naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblar yo‘li bilan to‘langan xarajatlardir. Budjet tashki- lotining kassasidan to‘langan summalar kassa xarajatlarga kirmaydi, chunki bu summalar budjet tashkilotining talab qilib olgunga qadar depozit hisob-varag‘idan olinganida ular kassa xarajatlariga qo‘shilgandir. Haqiqiy xarajatlar – budjet tashkilotini saqlashga budjet mab- lag‘lari hisobidan qilingan xarajatlardir, ya’ni budjet mablag‘lari hiso- bidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni tashkil qiluvchi summalar hamda hisoblangan yoki amalga oshirilgan, lekin hali to‘lanmagan xara- jatlardir. Budjet muassasalarida buxgalteriya hisobi budjet smeta xarajat- larining bajarilishiga bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarni yoritishni ta’minlaydi, maxsus mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlar hisobini va hiso- botini jamlaydi. O‘z vaqtida to‘liq va aniq balansda yoritilgan ma’lu- motlar muassasa rahbarlariga aniq boshqaruv qarorlarini qabul qilish, muassasa ishini tahlil etish, mablag‘lar xarajatini tasdiqlangan smeta asosida maqsadga muvofiq sarflanishini nazorat qilishni amalga oshirish va qonunsiz sarflarni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Bularni amalga oshirish uchun buxgalteriya hisobida: – budjet mablag‘lari xarajatlari va kreditlar hisobi; – maxsus va budjetdan tashqari mablag‘lar tushumi va xarajatlar hisobi; – pul mablag‘laridan, materiallardan, jihozlardan, oziq-ovqat mahsulotlardan, dori-darmonlardan va boshqa qiymatliklardan samarali foydalanish va saqlanish hisobi; – debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi yuritiladi. 213
fondining xarajat qilinish hisobini yuritish, uning ustidan nazorat o‘rnatish, shuningdek,balans va hisobotlarni o‘z vaqtida topshirish, budjet muassasalarida to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan buxgalteriya hisobi smeta xarajatlarini aniq tuzish va foydalanilmayotgan ichki resurslarni izlab topish imkoniyatini beradi. Smeta xarajatlarini bajarish bo‘yicha buxgalteriya hisobi memorial- order, jurnal-order va bosh jurnal shakllarida yuritilishi mumkin. EHM- dan foydalanish qo‘l mehnatini yengillashtirib, smeta xarajatlaridan foydalanishda axborotlar hisobini qayta ishlashni avtomatlashtirishning umumiy tizimini yaratish imkoniyatini beradi. Hisobot yili davomida mulkni baholash va xo‘jalik jarayonlarini yoritish bo‘yicha muassasada yagona hisob siyosati yuritilishi lozim. Hisobda daromad va xarajatlarni hisobot davri bo‘yicha to‘g‘ri eng asosiy jihat hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi smeta xarajatlari bajarilishini, debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar holatini, pul mablag‘lari va tovar-material qiymatliklar saqlanishini doimiy nazorat qilib borishi kerak. Muassasa rahbarlari buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishlari, barcha bo‘lim va xizmatlarga, shuningdek, xodimlarga buxgalteriya uchun kerakli hujjatlarni topshi- rishda bosh hisobchi talablarini so‘zsiz bajarishlarini ta’minlashlari lozim. Budjet xarajatlari va daromadlari to‘g‘ri hisobini yagona budjet hisobi tizimida ta’minlash budjet tasnifi asosida bo‘ladi. Budjet tasnifi daromad va xarajatlarni bir turdagi belgilar bo‘yicha majburiy guruhlash belgilangan tartibda kodlashtirish uchun ilmiy asoslanishni ko‘zda tutadi. Budjet tasnifi tashkily va huquqiy ahamiyat kasb etadi. Tashkiliy ahamiyati shundan iboratki, u budjetning daromad va xarajatlarini bir tarzda hisobga olishni ta’minlaydi, budjetni bajarilishi haqida hisobotlar tuzadi, daromad va xarajatlarning har bir turi bo‘yicha tahlil o‘tkazadi va nazorat qiladi, budjet ko‘rsatkichlari va hisobotlarini mashinada qayta ishlashda kodlashtirishni amalga oshiradi. Budjetda ko‘zda tutilgan va muassasalar budjet tasnifida ko‘rsatilgan daromad va xarajat ko‘rsatkichlari moliyaviy reja hisoblanadi va bajarish uchun majburiydir. Tasnif daromad va xarajat kabi ikkita asosiy qismni o‘z ichiga oladi. Bu qismlar o‘z navbatida bo‘lim va paragraflar bo‘yicha guruh- lanadi. 214
xarajatlarining moddalari uchun quyidagi raqamlar ro‘yxati ajratilgan: 1-ish xaqi fondi. 2-ijtimoiy sug‘urta. 3-devonxona va ho‘jalik xarajatlari. 4-safar xarajatlari. 8-stipendiya. 9-ovqatlanish xarajatlari. 10-dori-darmon va bog‘lash vositalari sotib olish. 12-asbob-uskunalar va jihozlar sotib olish. 14-yumshoq jihozlar sotib olish. 15-davlat sarmoya qo‘yilmalari. 16-kapital ta’mirlash. 18-boshqa xarajatlar. 30-davlat dotatsiyasi. 31-jarayonli xarajatlar. 35-ssudalar bo‘yicha to‘lovlar. Xarajatlar smetasi asosiy reja va moliyaviy hujjatdir. Smetada ko‘rsatilgan summalar oxirgi chegara hisoblanadi va undan ortiq xarajat qilishga ruxsat berilmaydi. Agar iqtisod qilingan mablag‘ bo‘lmasa, smetada ko‘zda tutilmagan xarajatlarni amalga oshirish mumkin emas. ______ yil uchun ro‘yxatdan o‘tkazildi _____________________________ da _______ - son ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi »_____» _____________20__ yildan. ________________________ (imzo) ________________________ (imzo) ______________________ ming so‘m (summa yozuv va raqam bilan) miqdorida tasdiqlangan, jumladan ish haqi _______________________ ming so‘m: (summa yozuv va raqam bilan) Budjet mablag‘larini bosh taqsimlovchi _____________________________ (imzo) «_____» _____________20__ yil Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling