U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
BUXGALTERIYA HISOBINING TASHKILIY-HUQUQIY
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil (baholash)
1.2. BUXGALTERIYA HISOBINING TASHKILIY-HUQUQIY
ASOSLARI Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma- bosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolik- huquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobi bobida xalqaro miqyosda uyg‘unlashtirish zaruriyati taqozo etdi. Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi. Tahlil (baholash) Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsa- dida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqish, mavjud rezervlar hajmini belgilash, uskunalar, mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlashni yo‘lga qo‘yish. Hisob Korxona xo‘jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir. 8
foydalanish to‘g‘risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati to‘g‘risida axborot to‘plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi. Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo‘yiladigan talablar tubdan o‘zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqa- rorligini oshirishga imkon beradigan yo‘llarni ko‘rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya’ni moliyaviy menejment bilan shug‘ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me’yoriy- huquqiy hujjatlarni bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me’yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko‘zda tutadi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling