U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


KORXONA RAHBARI VA BOSH BUXGALTERINING


Download 1.35 Mb.
bet6/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

1.3. KORXONA RAHBARI VA BOSH BUXGALTERINING
HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya
hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar
rahbarlari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega:
1. Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil
etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan
foydalanish.
2. Buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslash-
tirilgan buxgalteriya bo‘limiga yuklash.
3. Buxgalteriya hisobotini mustaqil yuritish.
Rahbar quydagilarni ta’minlashi shart.
1. Ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishini.
2. Xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini.
3. Buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini.
4. Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini.
5. Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni.
6. Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini.
7. Hisob-kitoblar o‘z vaqtda amalga oshirilishini.
Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha
xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi
schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan
muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni, ichki xo‘jalik rezervlarini
aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti
ma’lumotlari bo‘yicha korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati uchun
iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta’minlaydi.

11
Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun


javobgarlik imzo bilan tasdig‘ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘ri-
sida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi subyekt
rahbari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va
subyekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
ro‘yxatining mavjudligi uchun javobgar bo‘ladi.
Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy
boyliklar va pul mablag‘larini qabul qilish hamda berish uchun asos
bo‘ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy
majburiyatlar hamda xo‘jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu
hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo‘lmasa, u huqiqiy deb
topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbari-
ning yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi
mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslarni (kassir, ombor mudiri
va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o‘zgartirish va ishdan
bo‘shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Agar korxona bosh buxgalteri o‘zgartirilsa, uning ishlari yangi
tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda
buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining aniqligi
tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi.
Korxonanng chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va
bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi
ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis
tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya
hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi.
Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti
belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular
bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga o‘z vaqtida
topshirish uchun bosh buxgalter mas’uldir. Buxgalteriya bo‘limi hujjat-
larni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona
olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlarni hamda
soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta’minlashi lozim.
Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga
o‘z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas’uldir.

12


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling