U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
Schyotlar aloqasi
D K 1 Ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi hisoblandi: a) asosiy va yordamchi ishlab chiqarish ishchilariga 2010 2310 6710 b) umumishlab chiqarish, boshqaruv va 2510 xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik xodimlariga 9420 2710 6710 c) yaroqsiz mahsulotni tuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishchilarga 2610 6710 d) xodimlarga mukofotlar hisoblandi 9430 6710 2 Xodimlarning mehnat haqidan ushlab qolindi: a) daromad solig‘i ushlandi 6710 6410 b) ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar ushlandi 6710 6520 c) hisobdor shaxslardan qaytarilmagan bo‘nak summasi ushlandi 6710 4220 d) aybdor shaxslardan kamomad summasi ushlandi 6710 4730 6700-schyotning kredit operatsiyalari 10-jurnal orderda, debetli operatsiyalar 7-vedomostda aks ettiriladi. Kreditli oy oxiridagi qoldiq summasi korxonaning ishchi va xizmatchilariga bo‘lgan qarzini bildiradi. t/r Muomalalar mazmuni 102
QILINADIGAN SUMMALARNI HISOBGA OLISH Odatda, korxonalarda ishchilarning yil davomida mehnat ta’tiliga chiqish oralig‘i bir tekis kechmaydi, ya’ni yilning qish oylariga qaraganda yozda mehnat ta’tiliga chiqish ko‘proq bo‘ladi. Ishlab chiqarilgan mah- sulot tannarxini to‘g‘ri belgilash uchun ishchilarning mehnat ta’tili vaq- tida to‘lanadigan ish haqining hisob-kitobi buxgalteriya schyotlarida aks ettiriladi. Ishchilarga mehnat ta’tiliga to‘lanadigan ish haqini tannarxga yil davomida bir tekis o‘tkazishni ta’minlash uchun har oyda ma’lum mablag‘ zaxira qilib boriladi. Korxonaning kelgusi davr to‘lovlari sifatida tavsiflanuvchi ushbu zaxira summasi ishchilarga har oyda amalda hisoblangan ish haqiga nisbatan ma’lum foiz miqdorida tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagi- cha aks ettiriladi: D-t2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. K-t2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti. 8910-«Kelgusida qilinadigan xarajat va to‘lovlar zaxirasi» schyoti- ning krediti bo‘yicha qoldiq foydalanilmagan zaxira summasini ko‘rsatadi. ba’zan ishchilarga mehnat ta’tili vaqtiga haqiqatdan hisob- langan ish haqi foydalanilmagan zaxira summasidan oshib ketib, 8910- schyot debet tomonida qoldiq hosil bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zaxira tashkil etilganida bux- galteriyada quyidagilar qayd qilinadi: D-t Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari. K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi». Ishchilarga mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblanganida quyida- gicha provodka beriladi: D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi». K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar». Bunday hollarda ushbu schyot debet tomonining qoldig‘i balans tuzilgan vaqtda 3100-«Kelgusi davr xarajatlari hisobi» schyoti qoldig‘iga qo‘shilib balansda aks ettiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling