U: quritish jaray
Download 0.52 Mb.
|
Mavzu quritish jarayoni (pdf.io)
Namlikning qattiq material ichida tarqalish hodisasi namlik o’tkazuvchanlik deb ataladi. Namlik o’tkazuvchanlikning tezligi yoki namlik oqimining zichligi namlik konsentratsiyasi gradientiga proporsionaldir:
m Dм gc (30.8) bu yerda, DM — namlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti. Bu ifodaning ochng tomonidagi minus ishora namlikning konsentratsiyasi katta bo’lgan qatlamdan konsentratsiyasi kichik bo’lgan qatlamga qarab siljishini ko’rsatadi. Namlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti DM ning (m2/s) fizik machnosi namlikning materialdagi ichki diffo’ziya koeffitsientini ifodalaydi va issiqlik o’tkazish jarayonidagi harorat o’tkazuvchanlik koeffitsientiga ochxshaydi. Namlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyentining qiymati namlikning material bilan birikish turiga, quritish haroratiga, materialning namligiga bog`liq bo’lib, faqat tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Quritishning tezligi va davrlari. Quritish qurilmalarini hisoblash va loyihalash uchun quritish tezligini bilish zarur. Quritish tezligi u cheksiz qisqa vaqt davomida material namligining kamayishi orqali aniqlanadi: Quritish tezligi tajriba yo’li bilan laboratoriya uskunalarida topiladi. Tajriba natijalaridan ma’lum bo’ldiki, quritish jarayoni ikki davrga ajratiladi. Birinchi davrda quritish tezligi o’zgarmas bo’lsa, ikkinchi davrda esa quritish tezligi doim kamayib boradi. Ikkinchi davrda ancha murakkab jarayon sodir bo’ladi. Bu davrda birinchi davrda quritish tezligi asosan tashqi diffo’ziyaga bog`liq bo’ladi. Bu davrda qurituvchi agentning tezligi va uning ko’rsatkichlari (nisbiy namlik, harorat) hisoblash ishlarida katta ahamiyatga ega. Materialning ichida namlikning diffo’ziya orqali siljish tezligi katta qiymatga ega bo’ladi, biroq bu holat namlikning material yuzasidan berilish tezligini belgilaydi. Bog`langan namlik ajrala boshlaydi. Quritish tezligi asosan material ichidagi namlikning tarqalish tezligiga bog`liq. Shu sababli ikkinchi davrda quritish tezligiga material tarkibi bilan bog`liq bo’lgan kattaliklar (quritilayotgan materialning shakli va o’lchamlari, materialning namligi, materialning namlik o’tkazuvchanligi) ta`sir ko’rsatadi. Quritish tezligiga havo oqimining tezligi va uning kattaliklari ham bir oz ta`sir qilishi mumkin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling