U: quritish jaray
Download 0.52 Mb.
|
Mavzu quritish jarayoni (pdf.io)
28-MARUZA MAVZU: QURITISH JARAYONI. REJA: 1. Quritish jarayonining nazariy asoslari 2. Nam havoning asosiy xossalari 3. Nam havoning holat diagrammasi 4. Quritishning tezligi Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug`lanish yuli bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug`) fazasiga o’tadi. Nam materiallarni quritish jarayonining sanoatda tashqil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida o’zatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi. Materiallarni uch xil usulda: mexaniq, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin. Mexaniq usul bilan suvsizlantirish tarkibida ko’p miqdorda suv to’tgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda markazdan qochma kuch ta`sirida ajratib olinadi. Odatda mexaniq yul bilan namlikni ajratish-materiallari suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexaniq suvsizlantirishdan sochng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yuli bilan ajratib chiqariladi. Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish, asosan laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o’ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid) dan foydalanishiga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yuli bilan uni suvsizlantirish mumkin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling