U: quritish jaray


Download 0.52 Mb.
bet2/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1019850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu quritish jarayoni (pdf.io)

Issiqlik ta`sirida suvsizlantirish (quritish) sanoatning turli sohalarida keng ishlatiladi. Quritish ko’pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, yani tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo’lib, namlik avval arzon jarayon hisoblangan mexaniq usul bilan, sochngra qolgan namlik esa quritish yo’li bilan ajratiladi. Bunda jarayonning samaradorligi ortadi.
Quritish ikki xil (tabiiy va sunchiy) yo’l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon o’zoq vaqt davom etadi. Sanoatda materiallarni suvsizlantirish uchun sunchiy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritkich qurilmalarda olib boriladi.
Quritilishi lozim bo’lgan materiallar uch turga bo’linadi:
qattiq (donali, bo’lak-bo’lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar).
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o’zaro kontakt qilish usuliga ko’ra quritish quyidagi turlarga bo’linadi:
1) konvektiv quritish nam material bilan qurituvchi agent tochg`ridan-tochg`ri o’zaro aralashadi; 2) kontaktli quritish issiqlik tashuvchi agent va nam material o’rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo’ladi;
3) radiasiyali quritish issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;
4) dielektrik quritish material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi;
5) sublimatsiyali quritish material mo’zlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiradi.
Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb yuritiladi. Sanoatda asosan quritishning konvektiv usuli keng qo’llaniladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling