U: quritish jaray


Download 0.52 Mb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1019850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu quritish jarayoni (pdf.io)

Namlikning material ichida siljishi. Materialning tashqi yuzasidan namlikning bug`lanishi natijasida material ichida namlik gradienti paydo bo’ladi, bu gradient ta`sirida materialning ichki qatlamlaridan uning yuzasiga qarab yo’nalgan namlikning harakati ichki diffo’ziya deb ataladi. Quritishning birinchi davrida (quritish tezligi o’zgarmas bo’lganda) material ichidagi namlikning o’zgarishi katta boladi, bunda quritish tezligiga asosan material yuzasidan namlikning bug`lanish tezligi (ya’ni tashqi diffoziya) ta`sir qiladi. Biroq material yuzasidagi namlik kamayib borib gigroskopik namlikka etganda va undan keyin ham kamayishi davom etsa, ya’ni quritishning ikkinchi davrida, jarayonning tezligiga asosan ichki diffoziya ta`sir qiladi. Quritishning ikkinchi davrida jarayonning tezligi doim kamayib boradi.
Quritishning birinchi davrida material ichidagi namlik (kapillyarlardagi namlik va osmotik birikkan namlik) suyuqlik holatida tarqaladi. Ikkinchi davrning boshlanishida material yuzasining ayrim joylarida har xil shakldagi chuqur zonalar paydo bo’ladi va materialning ichida bug`lanish yo’z beradi. Bunda kapillyarlardagi namlik va adsorbsiya yo’li bilan birikkan namlikning bir qismi materialning ichida bug` holida siljiydi. Keyinchalik materialning yuza qatlami to’la qurib bolgandan sochng, bug`lanishning tashqi yuzasi borgan sari materialning geometrik yuzasidan kamayib ketadi. Bunday sharoitda namlikning ichki diffo’ziya yordamida siljishining ahamiyati ortadi. Ikkinchi davrning quritish tezligi turlicha kamayadigan bosqichida material bilan mustahkam bog`langan adsorbsiya namligi qattiq faza ichida faqat bug` holida tarqaladi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling