U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
Jarayonni yo‘q qilish
Bu shuningdek, jarayonlardagi asosiy operatsiyalardan biridir. Qoida sifatida, yakuniy vazifani bajarganda va tugatish uchun operatsion tizimga exit tizim chaqiruvi yordamida murojaat qilganda jarayon yo‘q qilinadi (tugatiladi). O‘z faoliyatida ona jarayoni abort (UNIX) tizim chaqiruvi bilan farzand jarayonlarini yo‘q qilishi mumkin. Linuxda esa kill tizim chaqiruvi asosida amalga oshiriladi. Bu quyidagi hollarda bo‘lishi mumkin: Farzand jarayon unga ajratilgan resurslardan oshib ketsa; Farzand jarayoniga topshirilgan vazifani hal qilish boshqa talab qilinmasa; Ona jarayonidan chiqish amalga oshirilsa, shu sababli farzand jarayonlari ham to‘xtatilishi kerak. Agar ona jarayoni yo‘q qilinsa, operatsion tizim farzand jarayonining bajarilishini davom ettirishga ruxsat bermaydi. Oxirgi hodisa jarayonlarning kaskadli yo‘q qilinishi deb ataladi. 2.4. Operatsion tizimda protsessorni boshqarish Multidasturli muhitda OT protsessor qaysi jarayonni, qachon va qancha vaqt olishini hal qiladi. Bu funksiya jarayonni rejalashtirish deb nomlanadi. Operatsion tizim protsessorni boshqarish uchun quyidagi amallarni bajaradi: Protsessor va jarayon holatini kuzatadi; Jarayonga protsessorni (CPU) ajratadi; Jarayon talab qilinmasa, protsessorni o‘chiradi. Protsessorni (CPU ni) rejalashtirish multidasturli operatsion tizimlarning asosidir. Protsessorni jarayonlar o‘rtasida almashtirish orqali operatsion tizim kompyuterni unumdorligini oshirishi mumkin. 64 Protsessorni rejalashtirish va dispetcherlashtirish operatsion tizimning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu bo‘limda quyidagi masalalar ko‘rib chiqilgan: Jarayonlarni rejalashtirishning asosiy tushunchalari; Dispetcherlashtirish mezonlari; Dispetcherlashtirish algoritmlari (FCFS, SJF, RR va boshqalar); Bir necha jarayonlarni dispetcherlashtirish; Real vaqtda dispetcherlashtirish; Ko‘p darajali navbatlar. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling