U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Jarayonni qayta ochish. Istalgan biron bir operatsion tizimda 
paydo bo‘lgan biror bir holatda aynan qanday hodisa yuz berganini 
aniqlash zarur bo‘ladi. So‘ng operatsion tizim ushbu holat uchun 
kutish holatida ayrim jarayonlar joylashganmi yoki yo‘qligini 
tekshiradi va agar topilsa, hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni 
bajarish uchun uni tayyorlilik holatiga o‘tkazadi.
Jarayonni yaratish 
Jarayonni yaratish – jarayonlardagi asosiy operatsiyalardan 
biridir. Ona jarayoni farzand jarayonlarini yaratadi, bu esa o‘z 
navbatida boshqa jarayonlarni keltirib chiqaradi va shu bilan jarayon 
daraxtini shakllantiradi. Jarayonlarni yaratishda turli xil yondashuvlar 
mavjud, ona va farzand jarayoni tomonidan resurslardan birgalikda 
foydalanish (almashish), ularni parallel ravishda bajarish va manzillar 
va xotiradan foydalanish.
Resurslarni taqsimlash 
Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin: 
 Ona va farzand jarayoni barcha resurslarni almashadi 
(bo‘lishadi); 
 Farzand jarayonlari ona jarayonlari resurslarining bir qismini 
almashadi; 
 Ona va farzand jarayonlari umumiy resurslarga ega emas. 
Bajarish 
Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin: 


62 
 Ona jarayoni va farzand jarayonlari birgalikda bajariladi; 
 Ona jarayoni farzand jarayonining tugashini kutmoqda. 
Manzil va xotiradan foydalanish 
Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin: 
 Farzand jarayonining manzil maydoni ona jarayonining 
manzil maydonidan nusxa ko‘chiradi; 
 Farzand jarayoni unga yuklangan dasturga ega. 
 Farzand jarayoni ona jarayoni (yengil jarayon) bilan bir xil 
xotira maydonida ishlaydi. 
Unix operatsion tizimda bu quyidagicha amalga oshiriladi: fork 
– bu yangi jarayonni yaratadigan tizim chaqiruvi. Ona jarayonining 
xotirasini nusxalashtiradi va farzand jarayoni uchun yangi virtual 
manzillar maydonini yaratadi. Shundan so‘ng, tizim xotirasida yangi 
dastur bilan almashtirish uchun yana bir tizim chaqiruvi amalga 
oshiriladi - exec (execve) tizim chaqiruvi. Farzand jarayoni ona 
jarayonining o‘rniga davom etadi.
2.15- rasm. UNIX tizimidagi jarayon daraxti 
Tizim ishga tushganda ildiz (root) jarayon yaratiladi. U o‘z 
navbatida, uchta farzand jarayonini yaratadi: 
init - tizimni ishga tushirish; 


63 
pagedaemon - xotirani sahifali tashkil qilish jarayonini 
boshqaruvchi demon jarayoni (tizim qayta tiklanmaguncha doimiy 
ravishda amalga oshiriladigan jarayon); 
swapping - jarayon, ko‘chirishni (yoki almashtirishni) 
boshqarish. 
init - jarayonitizimniishga tushirgandan so‘ng foydalanuvchi 
jarayonlarini boshlaydi. Keyin, o‘z navbatida, yangilarini va 
boshqalarni ishga tushirishi mumkin.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling