U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


 Operatsion tizimlarning rivojlanish davrlari


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

1.2. Operatsion tizimlarning rivojlanish davrlari 
Birinchi davr (1945-1955 yillar) 
 
Hammaga ma’lumki, kompyuter ingliz matematigi Charlz 
Bebbij tomonidan XVIII asr oxirida kashf etildi. Uning “analitik 
mashina”si haqiqatda ishlay olmadi, chunki u vaqtdagi texnologiyalar 
hisoblash texnikasi uchun zarur bo‘lgan aniq mexanika qismlarini 
tayyorlash bo‘yicha zarur talablarni qondiradigan texnologiyalar 


10 
mavjud bo‘lmagan. Yana eng asosiy narsa, u vaqtda kompyuter 
operatsion tizimga ega bo‘lmagan. 
Raqamli hisoblash mashinalarini yaratishda, ikkinchi jahon 
urushidan keyin ma’lum taraqqiyot-rivojlanish yuz berdi. 1940yillar 
o‘rtalarida birinchi lampali mashinalar yaratildi. U vaqtda ayni bir guruh 
mutaxassislar 
hisoblash 
mashinalarini 
ham 
loyihalashda, 
ham 
ekspluatatsiya qilishda va dasturlashda ham shu guruh mutaxassislari 
ishtirok etganlar. Bu jarayon ko‘proq, kompyuterdan asbob-uskuna 
sifatida turli amaliy sohalar masalalarini yechishda foydalanish emas
balki hisoblash texnikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yaqinroq edi. 
Dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilar edi. OT 
to‘g‘risida gap ham yo‘q edi, chunki hisoblash jarayoni tashkil qilish 
masalalari, har bir dasturchi tomonidan boshqaruv pulti orqali 
“qo‘lda” yechilar edi. 
Pult oldida faqat bitta foydalanuvchi o‘tirishi mumkin edi. 
Dastur mashina xotirasiga eng yaxshi holatda perfokarta kolodasidan 
kiritilar edi, odatda esa o‘tkazish paneli yordamida yuklanar edi. 
Hisoblash tizimi bir vaqtning o‘zida faqat bitta operatsiyani 
(kiritish/chiqarish yoki hisoblashlarni) bajarar edi. Dasturni sozlash 
boshqarish panelidan xotira va mashina registri holatini o‘rganish 
yordamida olib borilar edi. Bu davr oxirida birinchi tizimli dasturiy 
ta’minot yuzaga keldi. 1951-1952 yillar belgili tillar (Fortran va 
boshqa) dan birinchi kompilyatorlar versiyalari yuzaga keldi
1954yilda esa IBM-701 uchun Assembler tili ishlab chiqildi. 
Vaqtning eng ko‘p qismi dasturni ishga tushirishga ketib qoldi, 
dasturlarning o‘zi esa qat’iy ravishda ketma-ket ishlov berish rejimi 
deb ataldi. Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash 
tizimlarining yuqori narxi, ularning soni kamligi va foydalanishning 
past samarasi bilan belgilandi. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling