U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

R
1
 
R
2
 


84 
Berkliklarning oldini olish 
Berkliklarning oldini olish qanday usullarining mumkinligini 
tahlil qilamiz. Asosiy g‘oya jarayonlar tomonidan resurslarga 
so‘rovlar usullarini cheklash hisoblanadi. Resurslarga ega bo‘lishni 
o‘zaro inkor qilish (berklikning birinchi sharti) imkoniyatini cheklash 
uchun u barcha resurslar uchun ham talab qilinmasligini ta’kidlash 
zarur. 
Bo‘linadigan resurslar (masalan, konstantlar, kodlar, fayllari 
massivlari) uchun u talab qilinmaydi. Saqlash va kutish imkoniyatini 
cheklash (berklikning ikkinchi sharti) uchun qandaydir resursni 
so‘raydign jarayon boshqa hech qanday resurslarga ega bo‘lmasligini 
talab qilish mumkin. 
Muqobil variant barcha jarayonlar ularning haqiqiy bajarilishini 
boshlanishigacha barcha zarur resurslarga ega bo‘lishi talabi 
hisoblanadi. Afsuski, har ikkala talablarning bajarilishi resurslardan 
foydalanishning yetishmasligi va “och qolish”ga (starvation) olib 
keladi. 
Jarayon resursni har bir kutishida resurslarni qayta taqsimlash 
algoritmi ma’qulroq hisoblanadi. Agar jarayon qandaydir A resursga 
ega bo‘lsa va unga darhol ajratilishi mumkin bo‘lmagan boshqa B 
resursni so‘rasa, u holda jarayon kutishi kerak. Bunda jarayon 
egallagan A resurs darhol bo‘shatilishi kerak. A resurs jarayon 
kutayotgan resurslar ro‘yxatiga kirtiladi. 
Jarayon faqat agar unga bir vaqtda u ega bo‘lgan barcha eski 
resurslar va u kutayotgan yangi resurslar ajratilishi mumkin bo‘lsa, 
qayta tiklanishi mumkin. 
Siklli kutish vaziyatining oldini olish uchun eng oddiy yechim 
barcha resurslar turlari raqamlari bo‘yicha tartiblashtirishni kiritish va 
jarayon resurslarni faqat ularning raqamlarini ortib borishi tartibida 
so‘rashi talabini kiritish hisoblanadi. 
Amalda bunday yechimni qo‘llanishi va qulay bo‘lishi ehtimoli 
kam, chunki iste’mol qilinadigan va talab qilinadigan resurslar 
turlarining o‘ziga xosligi barcha bo‘lishi mumkin raqamlashlarga hech 
qanday bog‘liq emas va istalgan raqamli resursga ehtiyoj zarurati 
bo‘yicha vujudga kelishi mumkin. 


85 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling