U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
Kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi
Har bir kontrollerda bir nechta registrlar bor, ularning yordami bilan markaziy protsessorga murojaat qilish mumkin. Ushbu registrlarga yozish orqali operatsion tizim qurilmaga ma’lumotlarni taqdim etish, ma’lumotlarni olish, yoqish, o‘chirish yoki boshqa amallarni bajarishni buyurishi mumkin. Ushbu registrlardagi ma’lumotlarni o‘qib, operatsion tizim qurilmaning joriy holati, yangi buyruqni qabul qilishga tayyor yoki yo‘qligini bilib olishi mumkin. Ko‘plab qurilmalarda boshqaruv registrlaridan tashqari, operatsion tizim ma’lumotlarni o‘qishi va yozishi uchun ma’lumotlar buferi mavjud. Masalan, kompyuterlarning ekranda piksellarni ko‘rsatadigan eng keng tarqalgan usuli bu video xotira. Buni video xotira o‘zining buferida (ma’lumotlar tasviri yoziladigan operatsion tizim dasturi) taqdim etadi. Protsessor boshqaruv registri va qurilma ma’lumotlar buferi bilan birgalikda ishlashining ikki xil yo‘li mavjud. Birinchisi har bir registr kiritish/chiqarish portiga - 8 yoki 16 razryadli sonlarni berish taklif etiladi. IN REG, PORT kabi maxsus K/Ch buyruqlaridan foydalanib, markaziy protsessor PORT boshqaruv registridan ma’lumotlarni o‘qiy oladi va natijani REG registrida saqlaydi. Xuddi shunday, OUT PORT, REG buyrug‘i yordamida markaziy protsessor o‘zining REG registrini PORT boshqaruv registriga yozishi mumkin. Masalan: IN REG, PORT Boshqaruv registr PORT qurilmasida protsessor REG registri quyidagi buyruqlar yozuvini o‘z ichiga oladi: 134 OUT PORT, REG Ko‘plab birinchi kompyuterlar, meynfreymlar (ko‘proq IBM 360 va uning barcha eski versiyalari) shunday ko‘rinishda ishlagan. Bu holatda xotira va kiritish/chiqarish sohasi 4.2a- rasmda ko‘rsatilgandek farqli manzil maydonlariga ega bo‘ladi. 4.2- rasm. Xotira va kiritish/chiqarish maydoni bo‘linishi variantlari: a) xotira va kiritish/chiqarish maydoni qismlari; b) kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi; v) aralash variant. Boshqa kompyuterlarda kiritish/chiqarish registrlari odatiy xotira manzil maydonidan foydalanadi (4.2b-rasm). Bunday tashkillash- tirilish kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishi deb ataladi. U birinchi bo‘lib kichik kompyuter (mini kompyuter) PDP-11da foydalanilgan. Har bir boshqaruv registri xotira bilan bog‘lanmagan xotira noyob manzilini beradi. 4.2v-rasmda boshqaruv registri uchun alohida kiritish/chiqarish porti va ma’lumotlar buferi xotirasida tasvirlashda foydalaniladigan aralash sxema keltirilgan. Qurilma ma’lumotlar buferi 640 Kbayt dan 1 Mbaytgacha zahiralangan manzil diapozonidan, va kiritish/chiqarish porti birinchi 64 Kbayt joyni oladigan Pentium protsessorlariga asoslangan tizimda qo‘llaniladigan arxitekturaga o‘xshaydi. Protsessor barcha holatlarda uni manzilini shina liniyasi manziliga kiritadi, so‘ng boshqaruv liniyasi bo‘yicha o‘qish signalini beradi. Xotiraga murojaat qilishdan kiritish/chiqarish maydoniga murojaat qilishning farqi ikkinchi liniya signalini talab qilishida. Xotiraga murojaat qilinganda xotira so‘rovga javob qaytarishi kerak. Kiritish/chiqarish muhitiga murojaat qilinganda qurilma javob Turli xil manzil maydoni 0xFFFF… Xotira Kiritish/chiqarish porti 0 a Bir manzilli maydon Ikki manzilli maydon b a v a 135 qaytaradi. Har bir xotira moduli va har bir kiritish/chiqarish qurilmasi manzillari solishtiriladi, xizmat ko‘rsatiladigan manzil diapozonida shinaga yozadigan yagona manzil muhiti mavjud (4.2b-rasm). Agar diapazon oralig‘ida bo‘lsa qurilma so‘rovga javob qaytaradi. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling