U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- IVBOB. KOMPYUTER TASHQI QURILMALARINI BOSHQARISH
Nazorat savollari
1. Xotirani boshqarish nima uchun kerak? 2. Xotira menejeri qanday vazifalarni bajaradi? 3. Xotira qurilmasi turlari va bir-biridan farqlari? 4. Xotirani boshqarish uchun operatsion tizim funksiyalarini keltiring. 5. Manzil turlari va bir-biridan farqlarini tushuntiring. 6. Fizik xotira nima? 127 7. Mantiqiy xotira nima? 8. Manzillar bog‘lanishini tushuntiring. 9. Bir foydalanuvchilik xotira sxemasini tushuntiring. 10. Belgilangan qismlarni tushuntiring. 11. Dinamik qismlarni tushuntiring. 12. First-fit algoritmini tushuntiring. 13. Best-fit algoritmini tushuntiring. 14. First-fit algoritmining Best-fit algoritmidan farqini tushuntiring. 15. O‘zgaruvchan qismli sxemalarni tushuntiring. 16. Sahifali xotirani tushuntiring. 17. Almashtirish (swapping) nima uchun kerak? 18. Sahifali xotirani tushuntiring. 19. Qo‘shni xotirani taqsimlashni tushuntiring. 20. Segmentli xotirani tushuntiring. 21. Virtual xotira nima? 22. Sahifani almashtirish nima uchun kerak? 23. Sahifani almashtirish algoritmlarini keltiring. 24. Segmentli va sahifali xotiraning bir-biridan farqi? 25. Sahifali xotiraning afzalliklari va kamchiliklari. 26. Best-fit algoritmi afzalliklari. 128 IVBOB. KOMPYUTER TASHQI QURILMALARINI BOSHQARISH Operatsion tizim jarayonlar, xotira, fayllarniboshqarishdan tashqari kompyuterga ulangan barcha kiritish/chiqarish (K/Ch) qurilmalarini boshqarishni ham ta’minlashi kerak. OTning asosiy vazifalaridan biri dasturlar va kompyuter yordamchi (periferik) qurilmalari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlashdir. Aslida, ushbu vazifani bajarish uchun operatsion tizimlarning prototiplari bo‘lib xizmat qiladigan birinchi tizim dasturlari ishlab chiqilgan. Zamonaviy OT larda yordamchi qurilmalar bilan ma’lumot almashish funksiyalari kiritish/chiqarish quyi tizimi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu quyi tizimning mijozlari nafaqat foydalanuvchilar va ilovalar, balki tizim ma’lumotlarini olishlari yoki ularni namoyish qilishlari kerak bo‘lgan OTning ba’zi komponentlari, masalan, jarayonni boshqarish quyi tizimi, faol jarayonni o‘zgartirganda, to‘xtatilgan jarayonning kontekstini diskka yozishi va diskdan ishga tushurilgan jarayonning kontekstini o‘qishi kerak. Kiritish/chiqarish qurilmalarining asosiy komponentlari tashqi qurilmalarni va fayl tizimini boshqaradigan drayverlardir. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling