U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Qurilma va ma’lumotlarni ajratish


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Qurilma va ma’lumotlarni ajratish 
Kiritish/chiqarish 
qurilmalari 
jarayonlarga 
ham 
yakka 
(monopol), ham ajratilgan tarzda foydalanish uchun berilishi mumkin. 
Bunda OT jarayonlarni hisoblash tizimining boshqa resurslardan 
foydalanish usullaridan kontrollerlarga ham foydalanishni ta’minlashi 
kerak, ya’ni jarayon bajariluvchi nomidan foydalanuvchi yoki 
foydalanuvchilar guruhining qurilma ustidan u yoki bu amalni 
bajarishga huquqlarini tekshirish. OT faqat ma’lum qurilmadan 
foydalanish emas, balki bu qurilma saqlaydigan ma’lumotlarning 
ayrim qismlaridan foydalanish ustidan nazorat qilishi mumkin. Diskli 
fayllar va kataloglardan foydalanishni nazorat qilish muhim bo‘lgan 
qurilmaning yaqqol misolidir. Ohirgi vaqtlarda qurilmadan umumiy 
holda birgalikda foydalanish rejimi topshirig‘i zaruriy shart bo‘lib 
qolgan. Bitta qurilma vaqtning turli davrlarida ham ajratilgan, ham 
yakka rejimlarda ishlashi mumkin. Shunga qaramasdan faqat bitta 
rejimda ishlash xos bo‘lgan qurilmalar mavjud, masalan ketma-ket 
portlar va alifbo-raqamli terminallar ko‘pincha yakka rejimda 
foydalaniladi, disklar esa – birgalikda foydalanish rejimida. Birgalikda 
foydalanilgan hollarda, umumiy unumdorlikni oshirish maqsadida OT 
turli jarayonlar uchun kiritish/chiqarish amallar ketma-ketligini 
optimallashtirishi kerak. Masalan, bir nechta jarayonlarni disk bilan 
ma’lumotlar almashinuvida amallar ketma-ketligi shunday tartibga 
solish mumkinki, bunda kallaklarni unumsiz xarakatlanish vaqt sarfi 


143 
sezilarli kamayadi (bunda ayrim jarayonlar uchun kiritish/chiqarish 
amallari ma’lum darajada sekinlashishi mumkin). Qurilmaning 
jarayonlar o‘rtasida taqsimlanishida jarayonlar ma’lumotlarini bo‘lish 
zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Odatda bunday ehtiyoj ketma-ketligi 
qurilmalardan birgalikda foydalanish paytida vujudga keladi, chunki 
bunday qurilmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladigan qurilmalardan 
farqli ravishda manzillanmaydi. Bunday qurilmaning yaqqol vakili – 
bu printer. Bunday qurilmalar uchun chiqarish ketma-ketligi 
topshirig‘i tashkil etiladi, bunda har bir vazifa ma’lumotlarning bo‘lib 
bo‘lmaydigan bir qismi, masalan, chop etishga mo‘ljallangan hujjat, 
shaklida bo‘ladi. Vazifalar ketma-ketligini saqlash uchun spul-fayl 
ishlatiladi, 

printer 
va 
operativ 
xotiraning 
tezliklarini 
muvofiqlashtiradi, 
hamda, 
ma’lumotlarni 
mantiqiy 
qismlarga 
bo‘linishini tashkil etishga imkon beradi. Ma’lumotlarni spul-fayldagi 
o‘zining qismlariga joylashtirib, jarayonlar ularni printerga bir vaqtda 
chiqarishi mumkin.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling