U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Almashinuv  tezliklarini muvofiqlashtirish


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Almashinuv 
tezliklarini muvofiqlashtirish 
va ma’lumotlarni 
keshlash 
Ma’lumotlar almashinuvida doimo tezliklarni muvofiqlashtirish 
masalasi paydo bo‘ladi. Masalan, agar bir foydalanuvchi jarayon 
ayrim ma’lumotlarni ishlab chiqib, ularni operativ xotira orqali boshqa 
foydalanuvchi jarayonga uzatayotgan bo‘lsa, bu vaziyatga umuman 
olganda ma’lumotlarni generatsiya qilish va ularni o‘qish tezligi bir-
biriga mos kelmaydi. Amaliy jarayonlar o‘rtasida ma’lumotlar 
almashinuvi paytida tezlikni muvofiqlashtirish odatda operativ 
xotiradagi ma’lumotlarni buferlash va jarayonlarni buferdan 
foydalanishini sinxronlash hisobiga erishiladi.
Shunga o‘xshash yo‘l bilan kiritish/chiqarish kichik tizimda 
almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish muammosi hal etiladi. 
Bunda operativ xotirada ma’lumotlarni bufferlash usulidan keng 
foydalaniladi. Kiritish/chiqarishni yuqori tezligini ta’minlash birinchi 
navbatdagi vazifa deb hisoblangan ixtisoslashgan operatsion 
tizimlarda (real vaqtda boshqarish, tarmoq fayl xizmatlari va hokazo) 
operativ xotiraning asosiy qismi amaliy dasturlar kodlariga emas, 
balki ma’lumotlar buferlariga ajratiladi. Lekin faqat kiritish/chiqarish 
kichik tizimning operativ xotirasi asosida bufferlash yetarli emas
chunki 
jarayonlar 
ishlov 
talab 
etiladigan 
ma’lumotlarni 
joylashtiradigan operativ xotira bilan almashinuvning tezligi va tashqi 
qurilmaning ishlash tezligi o‘rtasidagi tafovut operativ xotirani 
vaqtinchalik bufer sifatida foydalanish uchun ko‘pincha xaddan 
tashqari juda katta bo‘ladi; uning hajmi shunchaki (oddiygina) 
yetmasligi mumkin. Katta hajmdagi ma’lumotlar almashinuvi 
zaruratida kiritish/chiqarish tizimlarda spulingdan foydalaniladi
bunda ma’lumotlar diskning alohidagi, diskli fayl yoki spul-fayl deb 
nomlanuvchi, qismida bufferlanadi. Spul-fayl qo‘llanishining yaqqol 
misoli deb ma’lumotlarni printerga chiqarishni tashkil etish 
hisoblanadi. Chop etiladigan hujjatlarning bir nechta o‘n megabayt 
hajmda bo‘lishi tez-tez uchraydigan hol, shuning uchun ularni 
vaqtinchalik saqlash uchun (har bir hujjatni chop etish bir necha 
daqiqadan boshlab o‘n daqiqalargacha vaqt talab etadi) operativ 
xotiraning hajmi shubhasiz yetarli emas. Bu muammoning boshqa 


142 
yechimi – bu tashqi qurilmalar kontrollerlarida katta hajmli bufer 
xotirasidan foydalanish. Bunday yondashuv ma’lumotlarni diskka 
joylashtirish almashinuvni haddan tashqari sekinlashtirgan (yoki 
ma’lumotlar diskning o‘ziga chiqarilgan) hollarda ayniqsa foydali. 
Masalan, grafik displeylarning kontrollerlarida hajmi operativ xotira 
bilan taqqoslanadigan bufer xotira qo‘llaniladi, va bu grafik shakllarni 
ekranga 
chiqarishni 
sezilarli 
darajada 
tezlashtiradi. 
Kiritish/chiqarishda ma’lumotlarni buferlash nafaqat protsessor va 
tashqi qurilmaning ishlash tezliklarini muvofilashtiradi, balki boshqa 
masalani hal etadi, ya’ni ma’lumotlarni keshlash hisobiga 
kiritish/chiqarish real amallari sonini qisqartiradi. Diskli kesh deyarli 
barcha operatsion tizimlarni kiritish/chiqarish kichik tizimlarining 
ajralmas qismi bo‘lib, saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish 
vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling