157
beruvchi periferik qurilmalar va ilovalar o‘rtasidagi ekranlashtirilgan
mantiqiy interfeysni qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Bunday interfeysning
asosi sifatida deyarli barcha operatsion tizimlar kiritish/chiqarish
qurilmaning faylli modelini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu yerda biz yana bir
marta virtualizatsiyaning mahsuldor konsepsiyasi bilan to‘qnashamiz.
Real kiritish/chiqarish qurilmalarning barcha ko‘p sonli turlarini
operatsion tizim bitta virtual turdagi qurilma bilan almashtiradi.
Barcha virtual qurilmalar yagona tarzda ishlaydi, maxsus yoki virtual
fayllar
deb
nomlanadigan
ko‘rinishda
shakllanadi.Har
bir
kiritish/chiqarish qurilmasiga alohida maxsus fayl bog‘lanadi. U bu
qurilmani amaliy jarayonlarga va operatsion tizimning qolgan qismiga
baytlarning stukturalanmagan to‘plami sifatida taqdim etadi. Natijada
real qurilmalar uchun kiritish/chiqarishning murakkab protseduralarini
yozishni o‘rniga, dasturchi endi oddiygina
mazkur qurilmalar bilan
bog‘langan maxsus fayllardan o‘qish va maxsus fayllarga yozish
amallardan
foydalanish
mumkin.
Fayl-qurilma
modelining
jozibadorligi uning barcha turdagi qurilmalar
uchun soddaligi va
universalligidadir. Lekin ko‘p hollarda, masalan, grafik ma’lumotni
displey
yoki printerga chiqarish, tarmoq almashinuvi amallarni
dasturlash
va boshqalar, bu model juda sodda va amaliyotchi
dasturchini ushbu qurilmalar uchun kiritish/chiqarishni dasturlashning
odatdagi vazifalaridan ozod qilmaydi.
Shuning uchun ayrim turdagi
qurilmalar uchun OT ularning xususiyatlarini aks ettiruvchi yanada
rivojlangan interfeysni qo‘llab-quvvatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: