U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Resurslarni taqsimlash
Xatoliklarni aniqlash (error detection). Operatsion tizim
doimiy ravishda xatoliklarni aniqlashi va tuzatishi kerak. Xatoliklar protsessor va xotira qurilmalarida (masalan, xotiradagi xatolik yoki elektr ta’minotidagi uzilishlar), kiritish/chiqarish qurilmalarida (masalan, diskdagi xatolik, tarmoqqa ulanishda xatolik yoki printerda qog‘ozni mavjud emasligi) va foydalanuvchi dasturida (masalan, arifmetik to‘lish, mavjud bo‘lmagan xotira maydoniga kirishga urinish yoki juda ko‘p protsessor vaqtidan foydalanish). Xatoliklarning har bir turi uchun operatsion tizim to‘g‘ri va kelishilgan hisoblashni ta’minlash uchun tegishli choralarni ko‘rishi kerak. Ba’zida uni tizimni to‘xtatishdan boshqa chorasi bo‘lmaydi. Boshqa holatlarda, u xatolik keltirib chiqaradigan jarayonni to‘xtatishi yoki aniqlashi va tuzatishi mumkin bo‘lgan xatolik kodini jarayonga qaytarishi mumkin. Operatsion tizim funksiyalarining yana bir to‘plami, foydalanuvchiga yordam berish uchun emas, balki tizimning o‘zi samarali ishlashini ta’minlash uchun kerak. Ko‘p foydalanuvchilarga ega tizimlar foydalanuvchilar orasida kompyuter resurslarini almashish orqali samaraga erishishlari mumkin. 18 Resurslarni taqsimlash (resource allocation). Bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchi yoki bir nechta vazifalar bajarilganda, ularning har biri uchun resurslar ajratilishi kerak. Operatsion tizim ko‘plab turli xil resurslarni boshqaradi. Ba’zilarida (masalan, protsessor sikllari, asosiy xotira va fayllarni saqlash) maxsus taqsimlangan kodi bo‘lishi mumkin, boshqalarida (kiritish/chiqarish qurilmalari kabi) umumiy so‘rov va ozod qilish kodi bo‘lishi mumkin. Masalan, protsessorni qanday qilib yaxshiroq ishlatish mumkinligini aniqlashda, operatsion tizimlar protsessorni rejalashtirishda protsessor tezligini, bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalarni, mavjud registrlar sonini va boshqa omillarni hisobga oladi. Shuningdek, printerlarni, USB qurilmalarni va boshqa yordamchi qurilmalarni taqsimlashning tartib- qoidalari mavjud bo‘lishi mumkin. Hisoblash (accounting). Biz qaysi foydalanuvchilar qancha va qanday turdagi kompyuter resurslaridan foydalanishini kuzatishni istaymiz. Hisobni yuritish buxgalteriya hisobida (foydalanuvchilar hisob-kitoblarni olishlari uchun) yoki foydalanish statistikasini to‘plash uchun ishlatilishi mumkin. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling