U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Taqsimlangan kompyuter tizimlari va ularning OTlarini o‘ziga xos


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

 
Taqsimlangan kompyuter tizimlari va ularning OTlarini o‘ziga xos 
xususiyatlari 
Taqsimlangan tizimda (distributed system) hisoblashlar o‘zaro 
tarmoqqa birlashtirilgan bir necha fizik protsessorlar (kompyuterlar) 
orasida taqsimlanadi. Kuchsiz bog‘langan tizim (loosely coupled 
system) – taqsimlangan kompyuter tizimi bo‘lib, unda har bir 
protsessor o‘z lokal xotirasiga ega bo‘ladi, turli protsessorlar esa 
o‘zaro aloqa liniyalari – yuqori tezlikli shinalar, telefon liniyalari
simsiz aloqa (Wi-Fi, EVDO, Wi-Max va boshqalar) orqali o‘zaro 
ta’sirlashishadi. 
Taqsimlangan tizimlarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
Protsessor 
Protsessor 
Protsessor 
Xotira 


28 
1. Resurslarni ajratish (birgalikda foydalanish): taqsimlangan 
tizimda turli resurslar turli kompyuterlarda saqlanishi mumkin. 
Dasturlar yoki ma’lumotlarning nusxalarini bir necha kompyuterlarda 
saqlash bilan zahiralashning zarurati yo‘q. 
2. Birgalikda yuklash (load sharing): taqsimlangan tizimda har 
bir kompyuterga ma’lum topshiriq berilishi mumkin, uni u boshqa 
kompyuterlar o‘z topshiriqlarini bajarishi bilan parallel bajaradi. 
3. Ishonchlilik: taqsimlangan tizimning kompyuterlaridan biri 
rad etganda yoki uzilganda uning topshirig‘i uzilish yakuniy natijaga 
minimal darajada ta’sir etishi yoki umuman ta’sir etmasligi uchun 
boshqa kompyuterga taqsimlanishi mumkin. 
4. Aloqa: taqsimlangan tizimda barcha kompyuterlar bir-birlari 
bilan bog‘langan, shunday ekan, masalan, zarurat bo‘lganda 
quvvatliroq kompyuterning resurslaridan foydalanish maqsadida bitta 
kompyuterdan boshqa kompyuterga masofadan kirish mumkin. 
Taqsimlangan tizimda kompyuterlar tarmoq infratuzilmasiga 
bog‘langan, u quyidagilar bo‘lishi mumkin:
1. Lokal tarmoq (local area network - LAN);
2. Global yoki hududiy tarmoq (wide area network - WAN).
O‘zining tashkil etilishi bo‘yicha taqsimlangan tizimlar mijoz-
serverli (client-server) yoki bir darajali (peer-to-peer) tizimlar bo‘lishi 
mumkin. Mijoz-serverli tizimda ma’lum kompyuterlar serverlar rolini, 
boshqalari esa ularning xizmatlaridan foydalanadigan mijozlar rolini 
o‘ynaydi.
Taqsimlangan tizimlarning bunday tashkil etilishi eng keng 
tarqalgan va uni atroflicha ko‘rib chiqamiz. Bir darajali taqsimlangan 
tizimda barcha kompyuterlar teng huquqli. Mijoz-server tizimining 
tuzilishi 1.4- rasmda keltirilgan. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling