U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Parallel kompyuter tizimlari va ularni OTlarining o‘ziga xos
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
Parallel kompyuter tizimlari va ularni OTlarining o‘ziga xos
xususiyatlari Parallel kompyuter tizimlari bu bir necha to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro ta’sirlashishadigan multiprotsessorli tizimlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda multiprotsessorli ishchi stansiyalar chiqarilmoqda. Masalan, ish stoli kompyuteriga ega bo‘lish bilan siz uning tarkibida ikkita yoki hatto to‘rtta protsessorlarni aniqlashingiz mumkin. Mos ravishda, OT bunday tizimni rekonfiguratsiyalash, yangi protsessorlarni ulash yoki tizimdan protsessorlarni olib tashlash, masalalarni yechishni bir nechta protsessorlarda parallellashtirish va ularni yechadigan parallel jarayonlarni sinxronlashtirishni ta’minlashi kerak. Parallel kompyuterlar orasidan protsessorlar umumiy xotira va taymerga (taktlarga) ajratiladigan, uzviy bog‘langan (tightly coupled) tizimlar ajralib turadi, ular orasidagi o‘zaro ta’sirlashish umumiy xotira orqali bo‘lib o‘tadi. Very Long Instruction Word (VLIW) va Explicit Parallelism Instruction Computer (EPIC) arxitekturalardagi parallel kompyuterlarda hisoblashlarni parallellashtirish buyruqlar darajasida bo‘lib o‘tadi. Ko‘p yadroli (multi-core) kompyuterlar – assotsiativ xotirani (keshni) ajratadigan va umumiy xotirada ishlaydigan bitta kristallda joylashgan bir-birlari bilan uzviy bog‘langan protsessorlarga (yadrolarga) asoslangan kompyuter tizimlari hisoblanadi. Parallel kompyuter tizimining afzalliklari 26 1. Yaxshilangan unumdorlik (throughput) – ma’lumki, masalan yechish algoritmini parallellashtirish uni yechishga ketadigan vaqtni kamaytirishga imkon berishi mumkin; 2. Tejamkorlik – parallel OTda ishning qismini boshqa protsessor yoki yadroga berish mumkin; 3. Oshirilgan ishonchlilik – protsessorlardan biri ishdan chiqqanda OT hisoblashlarni boshqa protsessorga o‘tkazishi mumkin; 4. Foydalanuvchiga “do‘stona” unumdorlikni kamaytirish (graceful degradation) – agar protsessorlardan biri ishdan chiqsa va konfiguratsiyadan chiqarilgan bo‘lsa, foydalanuvchi kompyuter va OTni to‘g‘ri tashkil etishda hisoblashlarning sekinlashishini sezmasligi mumkin. 5. Xatoliklarga barqarorlik (fail-soft system) – qurilma va dasturdagi xatoliklarda ko‘p protsessorli tizimning barqaror ishlashi. Very Long Instruction Word (VLIW) va Explicit Parallelism Instruction Computer (EPIC) arxitekturalardagi parallel kompyuterlarda hisoblashlarni parallellashtirish buyruqlar darajasida bo‘lib o‘tadi. Ko‘p yadroli (multi-core) kompyuterlar – assotsiativ xotirani (keshni) taqsimlaydigan va umumiy xotirada ishlaydigan bitta kristallda joylashgan bir-birlari bilan uzviy bog‘langan protsessorlarga (yadrolarga) asoslangan kompyuter tizimlari hisoblanadi. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling