U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4. Tarmoq fayllarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari FTP – File Transfer Protocol
Teg
Uzunlik Qiymat Tavsif 0 To‘ldirish 1 4 Tarmoqosti maskasi Tarmoqosti maskasi 2 4 Kun vaqti Vaqtni qoplash 3 O‘zgaruvchi IP manzil Standart To‘ldirish Boshqa imkoniyatlar Teg (0) Teg (255) Ro‘yhat oxiri Teg Uzunlik Qiymati (o‘zgaruvchan uzunlik) Uzunlik maydonida bayt bilan belgilangan uzunlik 263 marshrutizator 4 O‘zgaruvchi IP manzil Vaqt serveri 5 O‘zgaruvchi IP manzil IEN 16 serveri 6 O‘zgaruvchi IP manzil DNS server 7 O‘zgaruvchi IP manzil Jurnallar (log) serveri 8 O‘zgaruvchi IP manzil Quote server 9 O‘zgaruvchi IP manzil Print server 10 O‘zgaruvchi IP manzil Impress 11 O‘zgaruvchi IP manzil RLP server 12 O‘zgaruvchi DNS nom Host nomi 13 2 Butun son Boot fayl o‘lchami 53 1 Dinamik sozlash uchun ishlatiladi 128-254 O‘zgaruvchi Maxsus axborot Sotuvchiga hos 255 Ro‘yxat yakuni 7.4. Tarmoq fayllarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari FTP – File Transfer Protocol Fayl uzatish protokoli (FTP) bu faylni bir hostdan boshqasiga nusxalash uchun TCP/IP tomonidan ta’minlanadigan standart mexanizm. Fayllarni bir tizimdan boshqasiga o‘tkazish oddiy va sodda ko‘rinadigan bo‘lsada, birinchi navbatda ba’zi muammolarni hal qilish kerak. Masalan, ikkita tizim turli xil fayl nomlari tizimidan foydalanishi mumkin. Ikki tizimda matn va ma’lumotlarni taqdim etishning turli xil usullari bo‘lishi mumkin. Ikki tizim turli xil katalog tuzilmalariga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu muammolarning barchasi FTP tomonidan juda sodda va ishonchli yechim bilan hal qilindi. FTP boshqa mijoz-server dasturlaridan farq qiladi, chunki u hostlar o‘rtasida ikkita ulanishni o‘rnatadi. Bir ulanish ma’lumot uzatish uchun ishlatiladi, ikkinchisi boshqarish ma’lumotlari uchun (buyruqlar va javoblar). Buyruqlarni ajratish va ma’lumotlarni uzatish FTP ni yanada samaraliroq qiladi. Tekshirish aloqasi juda oddiy aloqa qoidalaridan foydalanadi. Bir vaqtning o‘zida faqat buyruqlar qatorini yoki javoblar qatorini o‘tkazish kerak. Boshqa tomondan, ma’lumotlar ulanishi, uzatiladigan ma’lumotlar turlarining xilma-xilligi sababli yanada murakkab qoidalarga muhtoj. 264 FTP ikkita belgilangan TCP portlaridan foydalanadi: 21-port bu boshqarish ulanishi uchun va 20-port ma’lumotlar ulanishi uchun ishlatiladi. FTP TCP xizmatlaridan foydalanadi. Unga ikkita TCP ulanishi kerak. Belgilangan 21-port nazorat ulanishi uchun va ma’lumot ulanish uchun belgilangan 20-port ishlatiladi. 7.24- rasmda FTP ning asosiy modeli ko‘rsatilgan. Mijoz uchta kompo-nentdan iborat: foydalanuvchi interfeysi, mijozni boshqarish jarayoni va mijoz ma’lumotlarini uzatish jarayoni. Server ikkita komponentdan iborat: serverni boshqarish jarayoni va server ma’lumotlarini uzatish jarayoni. Boshqarish aloqalari boshqarish jarayonlari o‘rtasida amalga oshiriladi. Ma’lumot aloqalari ma’lumotlar uzatish jarayonlari o‘rtasida amalga oshiriladi. 7.24- rasm. FTP protokoli Boshqarish aloqasi butun interfaol FTP seansi davomida ulanishda qoladi. Ma’lumotlar ulanishi ochiladi va keyin har bir uzatilgan fayl uchun yopiladi. Har safar fayllarni uzatishni o‘z ichiga olgan buyruqlar ishlatilganda ochiladi va fayl uzatilganda yopiladi. Boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi FTP seansini boshlaganda, boshqaruv ulanishi ochiladi. Boshqarish aloqasi ochiq bo‘lsa ham, agar bir necha fayllar uzatilsa ma’lumotlar ulanishi bir necha marta ochilishi va yopilishi mumkin. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling