U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nom serverlari ierarxiyasi
Nom maydonlarini taqsimlash
Domen nomlari maydonida joylashgan ma’lumotlar saqlanishi kerak. Biroq, juda ko‘p ma’lumotga ega bo‘lgan bitta kompyuter xotirasiga ega bo‘lish juda samarasiz va ayni paytda ishonchli emas. Dunyoning barcha mamlakatlaridan kelgan so‘rovlarga javoban tizimga katta yuklama tushishi hisobiga bu samarasiz hisoblanadi. Har qanday nosozlik ma’lumotlarga kirishga imkon bermasligi sababli bu ishonchsizdir. Nom serverlari ierarxiyasi Ushbu muammolarning yechimi ma’lumotlarni DNS serverlari deb nomlangan ko‘plab kompyuterlar orasida tarqatishdir. Buning bir usuli - bu butun maydonni birinchi darajaga asoslangan ko‘plab domenlarga bo‘lish. Boshqacha qilib aytganda, biz ildizni (root) yolg‘iz qoldiramiz va ko‘p darajali domenlar yaratamiz (pastki darajalar), chunki birinchi darajali tugunlar mavjud. Shu tarzda yaratilgan domen juda katta bo‘lishi mumkinligi sababli, DNS domenlarni kichikroq domenlarga (pastki domenlarga) bo‘lish imkonini beradi. Har bir server katta yoki kichik domen uchun javobgar (vakolatli) bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bizda nomlar ierarxiyasi bo‘lgani kabi serverlar ierarxiyasi ham mavjud (7.37- rasmga qarang). com edu Domen Domen Domen Domen Domen 287 7.37- rasm. Server nomlari ierarxiyasi Zona (Zone) To‘liq domen nomlari ierarxiyasini bitta serverda saqlash imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, u ko‘p serverlar orasida taqsimlanadi. Server javobgar bo‘lgan yoki uning vakolatiga ega bo‘lgan tushuncha zona deb nomlanadi. Biz zonani butun daraxtning qo‘shni qismi sifatida belgilashimiz mumkin. Agar server domen uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olsa va domenni kichik domenlarga ajratmasa, «domen» va «zona» aynan bir tushunchani anglatadi. Server zonali fayl deb nomlangan ma’lumotlar bazasini yaratadi va ushbu domen ostidagi har bir tugun uchun barcha ma’lumotlarni saqlaydi. Agar server o‘z domenini quyi domenlarga ajratsa va o‘z vakolatlarining bir qismini boshqa serverlarga topshirsa, "domen" va "zona" turli xil tushunchalarni anglatadi. Ost- domomenlardagi tugunlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar pastki darajadagi serverlarda saqlanadi va yuqori darajadagi server ushbu pastki darajadagi serverlarga havolani saqlaydi. Albatta, yuqori darajadagi server o‘zini javobgarlikdan butunlay ozod qilmaydi: u hanuzgacha zonaga ega, ammo batafsil ma’lumot quyi darajadagi serverlarda saqlanadi (7.38- rasmga qarang). Server, shuningdek, o‘z domenining bir qismini ajratishi va javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi mumkin, ammo baribir domenning bir qismini o‘zi uchun saqlab qoladi. Bunday holda, uning zonasi vakolat berilmagan domenning qismi uchun batafsil ma’lumot va vakolat berilgan qismlarga havolalar mavjud. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling