U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


IBOB. OPERATSION TIZIMLAR VA ULARNING


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

 
IBOB. OPERATSION TIZIMLAR VA ULARNING 
AHAMIYATI 
1.1. Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati 
Ushbu kursda operatsion tizim va ularning asosiy funksiyalari 
protsessorni boshqarish, jarayonlarni boshqarish, xotirani boshqarish, 
qurilmalarni boshqarish, fayllarni boshqarish, tarmoqni boshqarish, 
operatsion tizimlar xavfsizligi va xavfsizlikni boshqarish masalalari, 
Unix, Linux, Windows va Android operatsion tizimlari, shuningdek, 
tarmoq xizmatlari va ularning turlario‘rganiladi. Zamonaviy 
kompyuter bir yoki bir nechta protsessorlardan, operativ xotiradan, 
disklardan, printerdan, klaviaturadan, sichqonchadan, displeydan, 
tarmoq interfeyslaridan va boshqa kiritish/chiqarish qurilmalaridan 
iborat. Natijada ancha murakkab tizim kelib chiqadi. Bundan tashqari, 
ushbu komponentlarning barchasini boshqarish va ulardan maqbul 
foydalanish juda qiyin vazifadir. Shu sababli, kompyuterlar operatsion 
tizim deb ataladigan maxsus darajadagi dasturiy ta’minot bilan 
jihozlangan bo‘lib, ularning vazifasi foydalanuvchi dasturlarini
shuningdek ilgari aytib o‘tilgan barcha resurslarni boshqarishdir. 
Operatsion tizim (OT, ingliz tilidagi shakli - operating system
qurilmalar (hardware), amaliy dasturlar (application software) va 
foydalanuvchi (user) kompyuteri o‘rtasida vositachilik (interface
qiladigan 
va 
kompyuter 
resurslarini 
boshqarish 
va 
foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish uchun 
mo‘ljallangan 
bir-biriga 
bog‘langan 
dasturlar 
to‘plamidir. 
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaralganda operatsion tizim – bu 
qurilmalarning davomi bo‘lib kompyuter va kompyuter tarmoqlari 
uchun qulay, ishonchli va xavfsiz foydalanishni ta’minlaydigan va 
qurilmaga o‘rnatiladigan dasturiy vosita hisoblanadi. 
Operatsion tizimda ishlashdan asosiy maqsad: 
 foydalanuvchi dasturlarini bajarishda qulaylik, samaradorlik, 
ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Foydalanuvchi birinchi navbatda 
– foydalanuvchi xoxlagandagidek uni qanoatlantiridagan darajada 
ishlashi uchun unga so‘rov natijalarini to‘g‘ri taqdim etishi, rad 
etishlar bo‘lmasligi, tashqi xujumlardan himoyalangan bo‘lishi kerak. 



Buni bajarish uchun hisoblash vositalari dasturni ishlata olishi va 
operatsion tizim bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
 kompyuterdan 
foydalanishda 
qulaylik, 
samaradorlik, 
ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizim kompyuter va 
uning 
resurslaridan 
foydalanishda 
maksimal 
foydalilik 
va 
samarodorlikni ta’minlashi, uzilishlarni qayta ishlash, rad etilishlar va 
buzg‘unchilar hujumidan kompyuterni himoyalashi kerak. OTning bu 
ishi foydalanuvchi uchun ko‘rinmasligi mumkin, lekin u doimiy 
ravishda mavjud bo‘ladi. 
kompyuterga ulangan tarmoq, disk va boshqa tashqi 
qurilmalardan foydalanishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, 
xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizimning asosiy funksiyasi – bu 
tashqi qurilmalar bilan ishlash. Masalan, OT qattiq diskga istalgan 
murojaatni qayta ishlashi, drayver (disk bilan axborotlarni almashish 
uchun past darajali dastur) va kontrollerlarning (disk bilan 
kiritish/chiqarishni bajaruvchi) birgalikda ishlashini ta’minlashi kerak. 
Kompyuter USB – portiga ulangan istalgan “fleshka” operatsion 
tizimda aniqlanishi, o‘zining mantiqiy nomini olishi va u 
chiqarilmagunga qadar butun vaqt davomida kompyuter tizimi fayl 
qismi bo‘lib qolishi mumkin. 
 bugungi kundagi OT larni muhim bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni 
xavfsizlik, ishonchlilik va ma’lumotlar himoyalanganlikni ta’minlash. 
Tarmoq doirasida kompyuter va operatsion tizim bilan ishlashda 
ishtirok etuvchilar unga va uning dasturlariga buzg‘unchilar 
tomonidan bo‘ladigan xujumlarga (reklama yoki virus va boshqa 
ko‘rinishlarda 
kompyuterlarga 
kirib, 
foydalanuvchi 
maxfiy 
saqlaydigan login, parollarni o‘g‘irlash, kompyuter ish foaliyatini 
buzish va shunga o‘xshash boshqa xodisalar) doimiy ravishda 
uchraydilar. Ushbu kursda biz bugungi kundagi OTda qabul qilingan 
ishonchlilik, xavfsizlik va ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash 
usullarini ham ko‘rib chiqamiz. 
Operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak: 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling