U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarayonlarni rejalashtirish bilan bog‘liq navbatlar
- Tayyor jarayonlar navbati
- Qurilmalar navbati
Bir jarayondan boshqasiga o‘tish Jarayonlarni boshqarishda operatsion tizim ularning ketma-ket bajarilishini ta’minlaydi. Ushbu vazifa OT rejalashtiruvchisi tomonidan hal qilinadi. Protsessorni bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tkazish sxemasi 2.10- rasmda keltirilgan. Rasmda ikkita jarayon ko‘rsatilgan - J0 va J1. J0 jarayonida uzilishlar yoki tizim chaqirig‘i bo‘lsa, operatsion tizim o‘z holatini PCBda saqlaydi va protsessorni J1 jarayoniga o‘tkazadi (J1 jarayoni ham shunga o‘xshash tarzda ishlanadi). Har bir jarayonning bajarilish va to‘xtash muddatlari ko‘rsatilgan. 2.10- rasm. Protsessorni bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tkazish sxemasi Jarayonlarni rejalashtirish bilan bog‘liq navbatlar Jarayonlarni boshqarish uchun OT quyidagi navbatlarni tashkil qiladi: 52 Vazifalar navbati (job queue) – tizimdagi barcha jarayonlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Har bir yangi jarayon unga kelib tushadi va butun tizim davomida unda qoladi. Tayyor jarayonlar navbati (ready queue) – asosiy xotirada joylashgan, tayyor va bajarilishini kutayotgan barcha jarayonlar to‘plamini o‘z ichiga olgan, eng ko‘p ishlatiladigan va o‘zgartiriladigan navbat. Unga har bir yangi jarayon, shuningdek, kiritish/chiqarishni tugallanishini kutayotgan har bir jarayon kelib tushadi. Qurilmalar navbati (device queue) – kiritish/chiqarish qurilmalarini ishini tugallanishini kutayotgan jarayonlar navbati (har bir qurilma o‘z navbatiga ega). Operatsion tizim tomonidan jarayonlarni boshqarish va tizimdagi jarayonlarning xatti-harakatlari turli navbatlar orasidagi ko‘chish sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. 2.11- rasmda tayyor jarayonlar va kiritish/chiqarish qurilmalari uchun navbat-ning diagrammasi ko‘rsatilgan. 2.11- rasm. Tayyor jarayonlar navbati va kiritish/chiqarish qurilmalari navbati 53 Jarayonlarni rejalashtirish va navbatlar bilan ishlashi quyidagi 2.12- rasmda keltirilgan. Har bir to‘rtburchak navbatni anglatadi. Ikki turdagi navbatlar mavjud: tayyor jarayonlar navbati va qurilmalar navbati. Doiralar navbatlarga xizmat qiladigan resurslarni anglatadi va strelkalar tizimdagi jarayonlar oqimini ko‘rsatadi. Dastlab yangi jarayon tayyorlilik navbatiga qo‘yiladi. U bajarilgunga qadar yoki ubajarilish uchun yuborilgunga qadar u yerda kutadi. Jarayon protsessor (CPU) bajarilgandan so‘ng, bir nechta hodisalardan biri sodir bo‘lishi mumkin: Jarayon so‘rovni K/Ch qurilmasiga yuborishi, va keyin uni K/Ch navbatiga qo‘yishi mumkin. Jarayon yangi farzand jarayonini yaratishi va uning tugatilishini kutishi mumkin. Jarayon uzilishlar natijasida protsessordan majburiy ravishda olib tashlanishi va yana tayyorlilik navbatiga qo‘yilishi mumkin. 2.12- rasm. Jarayonni rejalashtirishning grafik ko‘rinishi 54 Tayyor jarayonlarning navbatidan boshlab, har bir jarayon oxir- oqibat protsessorga kelib tushadi va bajariladi. Bajarishda quyidagi holatlar yuzaga kelishi mumkin, ya’ni, bajarilish to‘xtatilishi mumkin: sinxron kiritish/chiqarish so‘rovi, jarayonga ajratilgan vaqt miqdorining tugashi, uzilish yoki farzand jarayonini yaratilishi. Klassik UNIX sxemasida, farzand jarayoni tizimni fork bilan chaqirish orqali yaratilganda, farzand jarayoni uchun yangi virtual xotira maydoni yaratiladi, unga ona xotirasi tarkibi ko‘chiriladi. Shundan so‘ng, ona jarayoni farzand jarayoniga yo‘l beradi. Farzand jarayonini yaratish uchun bunday sxema, albatta, har doim ham qulay emas. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling