U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Kontekst jarayoni 
Jarayonni boshqarish blokiga mo‘ljallangan axborotlarni saqlash 
uchun uni ikki qismga ajratib ishlatish qulayroq. Protsessorning o‘z 
ichiga olgan barcha registrlar (dasturiy hisoblagich belgilarini o‘z 
ichiga olgan bo‘ladi) kontekstli jarayon registrlari deb ataladi
qolganlari esa – tizimli kontekstli jarayon deb ataladi. Registr va 
kontekstli jarayon tizimini bilish operatsion tizimda uning ishlarini 
amalga oshirishni boshqarish uchun yetarli hisoblanadi. Biroq bu 
jarayonni to‘liq tavsiflash uchun yetarli emas. Operatsion tizimni 
aynan jarayon qanday hisoblanishi ya’ni uning manzilida qanday kod 
va qanday ma’lumotlar borligi qiziqtirmaydi. Foydalanuvchi nuqtai 
nazaridan qaralganda, teskarisi bo‘ladi, ya’ni ma’lumotlar o‘zgarishini 
aniqlovchi registrlar kontekstning qator imkoniyatlari va olingan 
natija jarayon manzilini o‘z ichiga olishi ko‘proq qiziqtiradi. Jarayon 
manzilida joylashgan kod va ma’lumotlarni foydalanuvchi konteksti 
deb ataymiz. Qisqa vaqtga qabul qiladigan registr, tizim va 
foydalanuvchi majmui kontekst jarayoni deb ataladi. Jarayonning 
istalgan vaqt momenti o‘zining konteksti bilan tavsiflanadi. 
Kontekstni almashtirish 
Protsessor bir jarayondan boshqa jarayonga o‘tganda jarayonni 
bajaruvchi kontekstni saqlashi va protsessorga ulanadigan jarayon 
kontekstini qayta tiklashi (jarayonlar bajarilishini to‘xtatilgan 
bosqichdan davom ettirish uchun) zarur. Jarayonni ishlash 
unumdorligini saqlash, qayta tiklash protsedurasi kontekstni 
almashtirish deb ataladi. Bu texnikadan foydalanib bir protsessor bir 
nechta jarayonlar o‘rtasida taqsimlanadi. Kontekstni almashtirishga 
sarflangan 
vaqt 
foydali 
ishlarni 
bajarish 
uchun 
hisoblash 
mashinalarida 
foydalanilmaydi. 

mashinadan 
mashinagacha 


57 
o‘zgaradi va odatda 1 dan 1000 mikrosekundgacha oraliqda tebranadi. 
O‘z ichiga threads of execution (oqimdan foydalanish) tushunchasini 
olgan jarayon modelini kengaytirish yordami bilan zamonaviy 
operatsion tizimlarga sarflanadigan xarajatlar kamaytirilmoqda. 
Jarayon tushunchasi ularning resurslari bilan bog‘langan bajariladigan 
buyruqlar to‘plami va joriy vaqtda uni bajarilish bilan tavsiflanadi. 
Jarayon istalgan vaqt momentida registr, tizim va foydalanuvchi 
qismidan tashkil topgan o‘zining kontekstini to‘liq tavsiflaydi. 
Jarayonlar operatsion tizimlarda registrli va tizimli kontekstini o‘z 
ichida ifodalagan PCB–ma’lumotlar tuzilishini belgilashni taqdim 
etadi. Jarayonlar beshta asosiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: yangi 
(tug‘ilish), tayyorlilik, bajarish, kutish, tugatish. Operatsion tizimda 
holatdan jarayon holatiga o‘tish natijasida operatsiyalar bajariladi. 
Operatsion tizim jarayonda quyidagi operatsiyalarni bajarishi 
mumkin: jarayoni yaratish, jarayonni tugatish, ma’lum bir vaqtga 
jarayonni to‘xtatish, jarayoni ishga tushirish, jarayoni bloklash, 
bloklangan jarayoni qayta ochish, jarayon ustuvorligini o‘zgartirish. 
PCBni o‘z tarkibiga olgan jarayonlar o‘rtasida o‘zgarish bo‘lmaydi. 
Multidasturli operatsion tizimlar ishlashi turli xil jarayonlarni 
bajaradigan operatsiyalarni o‘tkazish zanjiridan tuzilgan va jarayonni 
saqlash, qayta tiklash protseduralari hamda kontekstni o‘zgartirishdan 
iborat bo‘ladi. Kontekstni o‘zgartirish jarayoni amalga oshiradigan 
foydali ishga aloqasi bo‘lmaydi va unga sarflangan vaqt protsessor 
ishlashi foydali vaqtini qisqartiradi. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling