U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Ko‘p marotabalik operatsiyalar 
Bir martalik operatsiyalar operatsion tizim boshqaruvi ostida 
joylashgan jarayonlar sonining o‘zgarishiga olib keladi va har doim 
ajratilgan yoki belgilangan resurslarni ozod qilish jarayonlariga 
bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p martalik operatsiyalar operatsion tizimlarda 
jarayonlar sonini o‘zgartirmaydi va ajratilgan yoki bo‘shatilgan 
resurslarga bog‘liq emas.
 
Jarayonni ishga tushirish. Operatsion tizim tayyorlilik holatida 
bo‘lgan jarayon sonlaridan birini keyingi vazifani bajarish uchun 
tanlab oladi. Operatsion tizim tanlagan jarayonlar axborotlarni tezkor 
xotirada mavjud bo‘lishini ta’minlaydi. So‘ng jarayon holati ushbu 
jarayon uchun registr belgilarini tiklaydi, bajarilishini o‘zgartiradi va 
jarayon buyruqlarini hisoblagich ko‘rsatishiga muvofiq boshqaruv 
buyruqlarini uzatadi. Kontekstni qayta tiklash uchun kerakli barcha 
ma’lumotlar, operatsiyani amalga oshiradigan PCB jarayonidan 
olinadi.
Jarayonni ma’lum bir vaqtga to‘xtatish. Bajarish holatida 
bo‘lgan jarayon ishini istalgan biror bir uzilish natijasida to‘xtatish 
mumkin. Protsessor buyruq hisoblagichini avtomatik ravishda 
saqlaydi va bajarilayotgan jarayonda bir yoki bir nechta registr 
bo‘lishi mumkin, so‘ng esa joriy uzilishni qayta ishlash uchun maxsus 
manzil bo‘yicha boshqaruvga uzatiladi. Uzilishni qayta ishlash 
bo‘yicha ishni qurilma (hardware) oxiriga yetkazadi. Odatda 
ko‘rsatilgan manzilda operatsion tizimning bir qismi joylashgan 


61 
bo‘ladi. U tayyorlilik holatidagi jarayonga o‘tkazishda uning PCB da 
tizimli va registrli kontekst jarayoni dinamik qismida saqlanadi va 
uzilishlarni qayta ishlaydi, u holda paydo bo‘lgan uzilish bilan bog‘liq 
belgilangan ishlar bajariladi.
Jarayonni bloklash. Jarayon biror bir hisoblash tizimlarida 
paydo bo‘lishi kutilmayotganda va ishini davom ettirish mumkin 
bo‘lmaganda bloklanib qo‘yiladi. Buning uchun belgilangan chaqiriq 
tizimi yordami bilan operatsion tizimga murojaat qiladi. Operatsion 
tizim 
chaqiriq 
tizimini 
qayta 
ishlaydi 
(kiritish/chiqarish 
operatsiyalarini nomlaydi, jarayonlar navbatiga jarayonni qo‘shadi, 
qurilmada kutayotganlarni bo‘shatadi va boshqalar) va bajarish 
holatidan kutish holatiga o‘tkazib uning PCB si kontekst jarayoni 
kerakli qismiga yozib qo‘yadi.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling