55
Rejalashtiruvchilar va jarayonlarning xususiyatlari. Har bir
rejalashti-ruvchining, shuningdek har bir jarayonning o‘ziga xos
xususiyatlari bor.
Qisqa muddatli rejalashtiruvchi juda tez-tez chaqiriladi, masalan,
kamida keyingi protsessor kvant vaqtining tugashi,
shuning uchun u
juda tez va samarali amalga oshirilishi kerak.
Uzoq muddatli rejalashtiruvchi nisbatan kamdan-kam hollarda
chaqiriladi, chunki tizim jarayonni tayyor jarayonlar holatiga o‘tkazish
to‘g‘risida qaror qabul qilmaydi. Shuning uchun u nisbatan sekin
bajarilishi mumkin, unchalik samarali amalga oshirilmaydi.
Bunday rejalashtiruvchini o‘z ichiga
olgan tizimning sxemasi
quyidagi 2.13- rasmda keltirilgan.
2.13- rasm. Foydalanuvchi jarayonlarini xotiraga va diskka ko‘chirish
sxemasi
Ammo, umuman olganda tizimning asosiy vazifasi - iloji boricha
ko‘proq jarayonlarga xizmat ko‘rsatish, aynan uzoq muddatli
rejalashtirish multidasturlash darajasini (koeffisientini) – tizimning
vaqt birligida xizmat qiladigan jarayonlar sonini aniqlaydi.
Jarayonlarning o‘zi ham ularni rejalashtirish
nuqtai nazaridan
boshqacha harakat qilishi mumkin. Jarayonlar quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
56
Kiritish/chiqarishga yo‘naltirilgan (I/O bilan bog‘langan -
(
I/O bound)) – hisoblashga qaraganda kiritish/chiqarishga ko‘proq
vaqt sarflaydigan jarayonlar. Bunday jarayonlar odatda protsessor
vaqtining ko‘pgina qisqa kvantlarini sarflaydi.
Protsessordan foydalanishga yo‘naltirilgan (CPU bilan
bog‘langan –
CPU bound) - bu ko‘p
vaqtini hisoblash uchun
sarflaydigan jarayonlardir. Bunday jarayonlar protsessor vaqtining oz
sonli uzoq muddatli kvantlarini sarflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: