67
multidasturlash yordamida erishiladigan protsessorning maksimal
yuklanishini ta’minlashdan iborat. Istalgan
jarayonning bajarilishiga
CPU / K/Ch sikli – protsessordan foydalanish va kiritish/chiqarishni
kutish davrlarining navbatlashishi sifatida qarash mumkin.
2.16- rasm. CPU va K/Ch sikllari o‘zgaruvchan ketma-ketligi
Bir protsessorli tizimda bir vaqtning o‘zida faqat bitta jarayon
bajarilishi mumkin. Boshqa jarayonlar esa protsessorni bo‘shashini
kutishi kerak. Multidasturlashning vazifasi –
protsessordan maksimal
darajada foydalanishdir. Ushbu turdagi rejalashtirish opeatsion
tizimning asosiy funksiyasidir. Deyarli
barcha kompyuter resurslari
foydalanishdan oldin rejalashtiriladi.
Protsessor, shubhasiz kompyuterning asosiy resurslaridan biridir.
Shunday qilib, uni rejalashtirish operatsion tizimni loyihalashda
muhim o‘rin tutadi.
Protsessorni rejalashtirishning muvaffaqiyati
jarayonlarning
kuzatiladigan
xususiyatlariga
bog‘liq:
jarayonning
bajarilishi
protsessorni bajarish siklidan va K/Ch ni kutishdan iborat. Jarayonlar
ushbu ikki holat orasida o‘zgarib turadi. 2.17- rasmda operatsion
tizimlardagi jarayonlarning haqiqiy
holatini tahlil qilish asosida,
protsessor faoliyati davrlarining taxminiy gistogrammasi ko‘rsatilgan.
yuklash maydoni
qo‘shish maydoni
fayldan o‘qish
o‘sish maydoni
ko‘rsatkich
faylga yozish
•
•
•
yuklash maydoni
qo‘shish maydoni
fayldan o‘qish
K/Ch ni kutish
K/Ch ni kutish
K/Ch ni kutish
Do'stlaringiz bilan baham: