U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Protsessorni rejalashtiruvchi
CPU sikli
CPU sikli CPU sikli K/Ch sikli K/Ch sikli K/Ch sikli 68 2.17- rasm. Protsessor faoliyati davrlarining taxminiy gistogrammasi Diagramma shuni ko‘rsatadiki, faoliyat davri qanchalik qisqa bo‘lsa, bunday davrlarning chastotasi shunchalik yuqori va aksincha, faoliyat davrlarining chastotasi ularning davomiyligiga teskari proporsionaldir. Protsessorni rejalashtiruvchi Rejalashtiruvchi - xotiraga yuklangan va bajarishga tayyor bir nechta jarayonlardan birini tanlaydigan va ulardan biri uchun protsessorni ajratadigan OT komponenti hisoblanadi. Rejalashtirish bo‘yicha yechimlar quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar jarayon: 1. Bajarilish holatidan kutish holatiga qayta ulanadi (masalan, jarayon kiritish/chiqarish qurilmasi ishini tugashini kutsa). 2. Bajarilish holatidan bajarishga tayyorlik holatiga o‘tishga qayta ulanadi (masalan, uzilish sodir bo‘lganda). 3. Kutish holatidan tayyorlik holatiga qayta ulanadi (masalan, kiritish/chiqarish hodisasi tugashi bilan). 4. Yakunlanadi. 1- va 4- turlardagi rejalashtirish jarayonni uzmasdan rejalashtirish (non-preemptive) atamasi bilan belgilanadi. 2- va 3- turlardagi rejalashtirish jarayonni uzish bilan rejalashtirish (preemptive) atamasi bilan belgilanadi. 69 Protsessor menejeri 2 quyi menejerdan tashkil topadi: 1. Vazifani rejalashtiruvchi; 2. Jarayonni rejalashtiruvchi. 1. Vazifani rejalashtiruvchi Vazifani rejalashtiruvchi yuqori darajadagi rejalashtiruvchi hisoblanadi va uning funksiyalari quyidagicha: Vazifalarni kirish navbatidan tanlab oladi; Ularni xarakteristikasiga qarab jarayonlar navbatiga kiritadi; Maqsad: vazifalarni tizim resurslaridan maksimal foydalanish tartibida joylashtirish; Resurslarni doimiy band holatda saqlashni tashkillashtiradi. Kiritish/chiqarish va hisoblash o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatni ta’minlaydi. 2. Jarayonni rejalashtiruvchi Jarayonni rejalashtiruvchi past darajadagi rejalashtiruvchi hisoblanadi va uning funksiyalari quyidagicha: Jarayonlarni bajarilishi uchun protsessorni taqsimlaydi; Protsessor resurslarini qachon va qancha muddatga olishini belgilaydi; Uzilishlarni qayta ishlashni hal qiladi; Qachon jarayon to‘xtatilishini va qayta tiklanib prtosessordan foydalanishini tashkil qiladi. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling