U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Sahifali xotira 
Yuqorida 
tavsiflangan 
sxemalarda 
xotiradan 
samarali 
foydalanilmaydi, shuning uchun ham xotirani taqsimlashning 
zamonaviy sxemalarida jarayonni operativ xotirada uzluksiz blok 
sifatida joylashtirish ko‘zda tutilmagan. Zamonaviy operatsion 
tizimlarda, vazifani asosiy xotiraga yuklashdan oldin u sahifalar 
(Pages) deb nomlangan qismlarga bo‘linadi.
Sahifali xotira - bu xotirani boshqarish usuli bo‘lib, unda 
jarayonning manzil maydoni bir xil hajmdagi sahifalar deb ataladigan 
bloklarga bo‘linadi (hajmi 2 daraja, 512 dan 8192 baytgacha). Jarayon 
hajmi sahifalar soni bilan o‘lchanadi. Xuddi shu tarzda, asosiy xotira 
doimiy o‘lchamdagi (fizik) xotiraning kichik bloklariga bo‘linadi, ular 
kadrlar deb nomlanadi va asosiy xotirani optimallashtirish va tashqi 
qismlarga bo‘lmaslik uchun kadr hajmi sahifa o‘lchamiga teng bo‘lib 
qoladi.
Xotirani sahifali tashkil etishda eng oddiy va eng keng tarqalgan 
usul (yoki paging), xotiraning ham mantiqiy manzilli maydoni, ham 
fizik maydonini bir xil o‘lchamdagi sahifa va bloklar to‘plami 
ko‘rinishida tashkil etishdir. Bunda mantiqiy sahifalar (page) yuzaga 
keladi va ularga mos fizik xotira birliklari - fizik sahifalar yoki sahifa 


115 
kadrlari deb ataladi (page frames). Sahifalar (va sahifa kadrlari) 
odatda 2 sonini darajasidan iborat bo‘lgan belgilangan qat’iy 
uzunlikka egadir va ular bir-biri bilan kesishmaydi. Har bir kadr 
ma’lumotlarning bir sahifasini o‘z ichiga oladi xotirani bunday tashkil 
etishda tashqi bo‘linish (fragmentatsiya) bo‘lmaydi va ichki 
bo‘linishdan kelib chiqadigan yo‘qotish faqat oxirgi sahifalardan kelib 
chiqadigan yo‘qotish bilan chegaralanadi. 
Sahifali tizimda mantiqiy manzil - tartiblangan juftlikdan (p, d) 
iborat, bu yerda p virtual xotira sahifasi tartib raqami, d esa bu sahifa 
doirasidagi element o‘rnini bildiradi. Manzil manzilini sahifalarga 
bo‘lish xisoblash tizimi tomonidan, dasturchi aralashmagan holda 
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham, manzil, operatsion tizim 
nuqtai nazaridangina ikki o‘lchamlidir, dasturchi nuqtai nazaridan esa 
jarayon manzili chiziqli hisoblanadi. 
Yuqorida keltirilgan sxema, jarayonlarni to‘liq joylashtirish 
uchun kadrlarning uzluksiz sohasi yetarli bo‘lmagan hollarda ham
jarayonni yuklash imkonini beradi. Ammo, bu sxemada manzilni 
translyatsiyalash uchun bitta asos registri yetarli emas. Mantiqiy 
manzillarni fizik manzillarda aks ettirish, mantiqiy sahifalarni fizik 
sahifalarda aks ettirishga keltiriladi va operativ xotirada saqlanadigan 
sahifalar jadvalidan iborat bo‘ladi. Ba’zida, sahifalar jadvali – jadval 
ko‘rinishidagi chiziqli bo‘lakli funksiya ham deyiladi. Mantiqiy 
manzilning bog‘lanishi 3.15-rasmda ko‘rsatilgan.
Bunda bajariladigan jarayon v = (p, d) mantiqiy manzilga 
murojaat qiladi, va aks ettirish mexanizmi sahifa tartib raqami r ni 
sahifalar jadvalidan qidiradi, bu sahifa r* sahifa kadrida 
joylashganligini aniqlaydi va real manzil r* ni d ga aylantiradi. 
Xotirani sahifali tashkil etish (Paging) deyarli barcha operatsion 
tizimlarda ishlatiladigan eng keng tarqalgan xotirani boshqarish 
algoritmidir.
Sahifalar jadvali (page table) protsessorning maxsus registrida 
manzillashtiriladi va kadrlar raqamini mantiqiy manzil bo‘yicha 
aniqlashga yordam beradi. 
Bu asosiy masaladan tashqari sahifalar jadvali qatorida yozilgan 
atributlar yordamidan aniq sahifaga murojaat nazorati va uni 
himoyasini tashkil etish mumkin. 


116 
3.15- rasm. Xotirani sahifali tashkil etishda mantiqiy va fizik 
manzillarning bog‘lanishi 
3.16- rasm. Sahifani tashkil qilishga misol 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling