U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Drayverlarning keng spektrini qo‘llab-quvvatlash


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Drayverlarning keng spektrini qo‘llab-quvvatlash 
Drayver ikki turdagi interfeyslarni qo‘llab-quvvatlashi kerak: 
 OT yadrosi modullari bilan (kiritish/chiqarish kichik tizimi
tizim so‘rovlari, jarayon va xotirani boshqaruvchi kichik tizimlar 
modullari va hokazo) “drayver-yadro” interfeysi (Driver Kernel 
Interface, DKI); 
 tashqi qurilmalar kontrollerlari bilan “drayver-qurilma” 
interfeysi (Driver Device Interface, DDI). 
“Drayver-yadro” interfeysi barcha hollarda standartlashtirilgan 
bo‘lishi kerak, “drayver-qurilma” interfeysni esa kiritish/chiqarish 
kichik tizimi drayverga kontrollerning apparaturasi bilan bevosita 
o‘zaro harakat qilishga ruxsat bermagan holda va bu amallarni 
mustaqil bajarganda standartlashtirish kerak bo‘ladi. Drayverni 
apparaturadan ekranlashtirish juda foydali funksiya hisoblanadi, 
chunki bu vaziyatda drayver apparatura platformasidan mustaqil 
bo‘lib qoladi. Kiritish/chiqarish kichik tizimi ma’lum klassdagi 
qurilmalarga maxsus interfeys taqdim etib, bir necha turdagi 
interfeyslarni DKI/DDI qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Masalan, 
Windows NT oilasidagi OT larda tarmoq adapteri drayverlari uchun 
NDIS (Network Driver Interface Specification) standartli interfeys 
nazarda tutilgan, lekin tarmoq transport protokollarining drayverlari 
tarmoq dasturiy ta’minotning yuqori qatlamlari bilan TDI (Transport 
Driver Interface) interfeysi orqali o‘zaro harakat qiladi. Operatsion 
tizim drayverlarini ishlab chiqish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun 
odatda tegishli instrumental vositalar (kutubxonalar, kompilyator va 
sozlovchilar) to‘plamidan iborat DDK (Driver Development Kit) 
drayverlar to‘plami ishlab chiqariladi. 
Drayverlarni dinamik yuklash va tizimdan chiqarish 


160 
Mazkur OT tomonidan qo‘llab-quvvatlashga imkoni bor 
yordamchi (periferik) qurilmalar doimo OT boshqaradigan aniq 
mashinada o‘rnatiladigan qurilmalar to‘plamidan sezilarli darajada 
kengroq bo‘ladi. Shuning uchun OT qimmatli xususiyati, ya’ni 
operativ xotiraga kerakli drayverni dinamik ravishda yuklash (OT 
to‘xtamagan holda) va mazkur qurilmani qo‘llab-quvvatlash ehtiyoji 
qolmagandan keyin uni tizimdan chiqarish, xotira tizimi maydonini 
sezilarli darajada tejashi mumkin. Drayverlarni dinamik yuklashni 
qo‘llab-quvvatlash deyarli barcha zamonaviy universal operatsion 
tizimlarga qo‘yilgan talab hisoblanadi. Kompyuterning tashqi 
qurilmalarning joriy konfiguratsiyasi o‘zgargan holda drayverlarni 
dinamik yuklashning muqobil yo‘li deb, kerakli drayverlar to‘plami 
joylashgan yadro kodini qayta kompilyatsiya qilish hisoblanadi. 
Bunda yadroning barcha qismlari o‘rtasida statik bog‘lanishlar o‘rniga 
dinamik bog‘lanishlar yaratiladi. Masalan, shunday yo‘l bilan mazkur 
muammo Unix operatsion tizimining avvalgi versiyalarda hal etilgan. 
Yadro va drayverlar o‘rtasidagi statik bog‘lanishlar OT tuzilmasini 
soddalashtiradi, lekin bu yondashuv operatsion tizim modullari 
boshlang‘ich kodlarini mavjudligini talab qiladi; ulardan foydalanish 
esa ko‘pincha mustasno (Unix/Linux ning notijorat versiyalari uchun) 
emas, balki qoidadir. Shuningdek, bu variantda operatsion tizimning 
avvalgi ishlab turgan versiyasini to‘xtatish va uni yangi bilan 
almashtirish kerak, OT ishlashidagi tanaffuslar ayrim hollarda yo‘l 
qo‘yilmasligi mumkin. 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling