У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар


Download 1.17 Mb.
bet5/17
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1173205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
elektrotexnika elektronika va elektr yuritmalar fanidan tajriba ishlarini vertual usulda bajarish boyicha uslubiy korsatma

O’lchov asboblari
E lectronics Workbench dasturining oddiy o’lchov asboblari voltmetr va ampermetr hisoblanib, ular komponentlar panelida belgisi ostida joylashtirilgan.
Bu asboblarni ishlatish uchun ularning qiymatini o’rnatish talab etilmaydi. Bitta sxemaning o`zida ularning bir nechtasini bir vaqtning o’zida ulash mumkin.



Voltmetr- o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarida kuchlanishni o’lchash uchun xizmat qiladi. To’g’ri to`rtburchak shaklida tasvirlangan voltmetrning qalin qora chiziq chizilgan tomoni “manfiy” chulg’am qisqichi hisoblanadi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali voltmetrning qiymatlari oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan kuchlanishning turi va voltmetrning ichki qarshiligi o`rnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy ko`rinishi keltirilgan





A

mpermetr
- o’zgaruvchan va o’zgarmas tokni o’lchash uchun xizmat qiladi. To’g’ri to`rtburchak shaklida tasvirlangan ampermetrning qalin qora chiziq chizilgan tomoni “manfiy” chulg’am qisqichi hisoblanadi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali ampermetrning qiymatlari oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan tokning turi va ampermetrning ichki qarshiligi urnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy kurinishi keltirilgan.

O’zgaruvchan (АС) tok va kuchlanishni o’lchashda o’lchov asboblari ularning ta’sir etuvchi qiymatlarini ko`rsatadi.


Eslatma: Voltmetr va ampermetr sifatida multimetrdan ham foydalanish mumkin.


O’lchov jihozlari paneli
Electronics Workbench dasturida ampermetr va voltmetrdan tashqari ko’p sonli rejimlarida ishlaydigan 7 ta asbob mavjud bo’lib ular bitta elektr sxemada faqat bir marta qo`llaniladi. Panelning chap tomonida analogli kattaliklarni kuzatish uchun mo`ljallangan multimetr, funktsional generator, osillograf va Bode-plotter joylashtirilgan.

multimetr funktsional generator osillograf Bode-plotter

O`ng tomonda esa mantiqiy kattaliklarni kuzatuvchi va hosil qiluvchi bayt generator, mantiqiy tahlillovchi, mantiqiy o’zgartiruvchilar keltirilgan.



bayt generator mantiqiy tahlillovchi mantiqiy o’zgartiruvchilar

Q



uyida bu asboblar haqida ma’lumot keltiriladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling