У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар


TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI


Download 1.17 Mb.
bet7/17
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1173205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
elektrotexnika elektronika va elektr yuritmalar fanidan tajriba ishlarini vertual usulda bajarish boyicha uslubiy korsatma

TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI.
Mustaqil ish boshlashdan oldin talabalar texnika xavfsizligi qoidalari bilan puxta tanishishlari va keyinchalik ham ularga qat'iy amal qilishlari lozim.
Tajriba mashg’ulotlarini bajarihlari uchun talabalar quyidagi qoidalarga amal qilishlari zarur.
1. Birinchi tajriba mashg'ulotida har bir talabaga butun o’quv yarim yilligi (semestri) davomida bajariladigan ishlarning aniq muddati belgilangan jadval beriladi.
2. Tajriba xonasiga talabalar navbatdagi mashg'ulot ishlariga puxta tayyorgarlik ko'rgan holda kelishlari, ya'ni qilinadigan ishning mazmuni va maqsadi, bajarish tartibini bilgan holda, sxemalarni tuzish va ko'zatuv natijalarini yozib olish uchun ham oldindan hozirlik ko'rgan bo’lishlari lozim.
3. Tajriba xonasida tajriba ishi mashg'ulotlari belgilangan alohida ajratilgan maxsus joylarda amalga oshiriladi.
4. Talabalar bajariladigan amaliy ishining sxemalarini yig'ishdan oldin qo'llaniladigan asbob va qurilmalarni ishlatish tartibini ko'rsatuvchi qo'llanmalar bilan tanishishlari kerak. Bulardan tashqari ular daftariga amaliy ishni bajarish uchun kerak bo`lgan asosiy sxemalarni chizib, o'lchash natijalarini yozish va hisoblash uchun zarur bo'lgan jadvallarni ham hozirlab qo'yishlari kerak. Talabalar tajriba ishlarini bajarishlari uchun zarur hisob-kitoblarni tavsiya qilingan adabiyotlardan, shuningdek o'qituvchidan olingan ma'lumotlar asosida oldindan hisoblab chamalab-qo'yishlari lozim.
5. Talaba tajriba ishini tugatgach, bajargan ish natijalari-yozilgan daftarni o'qituvchiga ko'rsatishi va qayd etilgan ma'lumotlarning to'g'ri ekanligi haqida tasdiq olishi zarur.
6. Har bir talaba navbatdagi mashg'ulotga kelganda o'tgan tajriba ishi bo`yicha yozma ravishda hisobot tuzib, uni qoidasi bilan rasmiylashtiradi, so'ngra uni o'qituvchisiga ko'rsatadi. Hisobot to'g'ri bajarilganligi tasdiqlangandan keyin talaba sinov savollariga javob beradi.
7. Talabalarning tajriba ishlari bo'yicha tayyorlagan hisobotlarida ishning qisqacha bajarilish tartibi, asbob-uskunalarni ulash sxemalari, ish natijalari yozilgan jadvallar, vektor diagrammalar va qo`llanilgan o`lchash asboblari hamda uskunalarining qo'llanma ko'rsatkichlari kabi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak.
8. Ushbu qoidalarni buzgan talabalar tajriba mashg’ulotidan chetlashtiriladi.
1-TAJRIBA ISHI

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling