У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
Download 1.17 Mb.
|
elektrotexnika elektronika va elektr yuritmalar fanidan tajriba ishlarini vertual usulda bajarish boyicha uslubiy korsatma
1.1–jadval
1.2– jadval
1.3– jadval
1.4– jadval
1. Parallel ulangan uchta lampaning umumiy ekvivalent qarshiligi ampermetr va voltmetr usuli bo`yicha qanday aniqlanadi ? Parallel ulashda hisobiy qarshilik qanday aniqlanadi ? Kirxgofning birinchi qonuni qanday ifodalanadi ? Kirxgofning ikkinchi qonuni qanday ifodalanadi ? Ketma-ket ulashda hisobiy qarshilik qanday aniqlanadi ? Aralash ulashda hisobiy qarshilik qanday aniqlanadi? 2-TAJRIBA ISHI BIR NECHTA E.YU.K.LI ELEKTR ZANJIRLARINI TEKSHIRISH 1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad 1.Bir nechta EYUKli elektr zanjirlarini tekshirish va ularni hisoblashni o`rganish. 2. Potensial diagramma qurishni o`rganish. 3. Tajribada ustma-ustlash usulida toklarni hisoblashni tekshirish. 2. Tajriba ishini tushuntirish Elektr zanjirlari tarmoqlanmagan va tarmoqlangan zanjirlarga bo`linadi. 2.1.a-rasmda oddiy tarmoqlanmagan elektr zanjiri tasvirlangan. Ushbu sxemaning hamma elementlaridan bir xil tok oqadi, chunki bu elementlar ketma-ket ulangan. Oddiy tarmoqlangan elektr zanjiri 2.1. b-rasmda ko`rsatilgan. Bu sxema ikkita tugun va uchta tarmoqdan iborat. Sxemaning har bir tarmog’ida o`zining toki oqadi. Bunday sxemalarda toklarni va potensiallar farqini hisoblash Om va Kirxgof qonunlariga asoslangan holda bajariladi. Potensial diagramma deganda, yopiq kontur yoki zanjirni ma'lum bir qismi bo`ylab potensialning taqsimlanish grafigi tushuniladi. Grafikning absissa o`qiga zanjir ketma-ket qismlarining ketma-ketligi tartibi bo`yicha qarshiligi qo`yiladi va shu tartibda ordinata o`qiga zanjir nuqtalarining potensiallari qo`yiladi. Potensialni aniqlash uchun odatda boshlang’ich nuqtaning potensiali nol deb olinadi (shu nuqta yerga ulangan deb faraz qilinadi). Ustma-ustlash usulida chiziqli elektr zanjirini hisoblashda quyidagicha foydalaniladi: Oldin bitta EYUK hosil qiladigan tarmoqlardagi toklar alohida hisoblanadi, keyin esa har bir EYUK hosil qiladigan xususiy toklar hisoblanadi. Qoldirilgan EYUKdan boshqa EYUKlarni ichki qarshiligi sxemada qoldirilib (qisqa tutashtirilib) o`zlari sxemadan uzoqlashtiriladi. Tarmoqlardagi haqiqiy toklar alohida topilgan xususiy toklarni algebraik qo`shish orqali aniqlanadi. 3. Tajriba ishini bajarish tartibi 1. Kompyuterda “Elektronics Workbench” dasturiy paketi ishga tushuriladi. 2. Bir nechta EYUKli tarmoqlanmagan zanjirni o`rganish. Buning uchun 2.2-rasmda tasvirlangan elektr sxemasi yig’iladi. 2.2-rasm. 3. Oldin ampermetr orqali qarshiliklar ixtiyoriy qiymatda tok o`lchanadi. 4. Har bir EYUK manbasi kattaligi yozib olinadi. 5. Voltmetr yordamida har bir qarshilikdagi kuchlanishlar tushuvi aniqlanadi. 6. Boshlangih nuqtaga nisbatan qolgan 6 nuqta uchun alohida-alohida potensiallar farqi o’lchab olinadi. 7. EYUK manbalari mos ulangan holda o`lchashlar bajariladi va bitta EYUK sxemadan uzoqlashtirilgan holda o`lchashlar davom ettiriladi va natijalar 2.1-jadvalga yoziladi. Olingan o`lchashlar asosida toklarning hisobiy qiymatlari topiladi va tajriba natijalari bilan solishtiriladi. 2.1-jadval
2.2-jadval
Hisoblash va tajriba natijalariga tayanib quyidagi xulosalar chiqariladi: -tajriba va hisoblashlar natijalarini bir-biridan farq qilish sabablari; -tarmoqlanmagan zanjirga berilgan EYUK bilan alohida EYUKlarning kattaligini va yo`nalishi orasidagi munosabatlar; -zanjirdagi EYUKlarning yigindisi bilan zanjir qismlari kuchlanishlar tushuvlari orasidagi munosabatlar. 8. Ustma-ustlash usuliga asoslanib bir nechta EYUKli tarmoqlangan elektr zanjirlarini tajribada tekshirish. Buning uchun 2.3-rasmda tasvirlangan elektr sxemasi yig’ilsin. Asboblarning ko`rsatishi asosida barcha tarmoqlardagi toklar aniqlansin. Elektr zanjirida E1 EYUK hosil qiluvchi E2 EYUK uzilgan holda hususiy toklar aniqlansin (2.4-rasmdagi sxema). Bu paytda R1, R2, R3 qarshiliklarning kattaligi 2.3-rasmdagi R1, R2, R3 qarshiliklar bilan bir xil bo`lishi kerak. Elektr zanjirida E2 EYUK hosil qiluvchi E1 EYUK uzilgan holda xususiy toklar aniqlansin (2.5-rasm). 2.3-rasm. Boshlang’ich tarmoqlangan elektr zanjiri sxemasi. Boshlangich sxemaning toki xususiy sxemalarda aniqlangan toklar asosida topilsin. Tajribada va hisoblash natijalari jadvallarda qayd etilsin. Xatoliklar baholansin. Hamma tajribalarda K tugun uchun toklar balanishi tekshirilsin. 2.4-rasm. E1 EYUKli xususiy sxema. 2.5-rasm.E2 EYUKli xususiy sxema. 2.3-jadval.
2.4-jadval.
Tajriba natijalariga asoslanib quyidagi xulosalar chiqarilsin: - Umumiy tok bilan tarmoqdagi toklar orasidagi munosabat; - Boshlang’ich sxemadagi toklar bilan ustma-ustlash usuli bilan hisoblangan toklar orasidagi farq sabablari; Ustma-ustlash usuli faqat chiziqli zanjirlar uchun o`rinli ekanligi haqida ma'lumot. Potensial diagramma qurish 1. 2.2-rasmdagi elektr zanjiri uchun EYUK manbalarining ichki qarshiliklarini hisobga olmasdan sxemadagi barcha nuqtalarning potensiallari hisoblansin. Elektr zanjirining barcha nuqtalarininig voltmetr yordamida o`lchangan potensiallari hisoblash natijalari bilan solishtirilsin. Tajriba va hisoblash natijalari jalvallarda ko`rsatilsin. Ikkala kuzatish bo`yicha potensial diagramma qurilsin va potensial diagrammaning amaliy ahamiyati bo`yicha xulosa chiqarilsin. Tekshiruv savollari 1. Tarmoqlangan va tarmoqlanmagan elektr zanjirlari haqida tushuncha bering? 2. EYUK bo`lgan holda zanjirning bir qismi uchun Om qonuni qanday ifodalanadi 3. EYUK manbalarini ketma-ket qo`shish qoidalarini aytib bering ? 4. EYUK manbalarini qarama-qarshi ulash tushunchalarini aytib bering ? 5. Potentsial diagramma deganda nimani tushunasiz ? 6. Ustma-ustlash usulini tushuntiring ? 7. Ustma-ustlash usulida elektr zanjirlarini hisoblash tartibi qanday ? 3-TAJRIBA ISHI Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling