У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
O`ZGARMAS TOK ZANJIRLARIDA BAJARILADIGAN
Download 1.94 Mb.
|
МЕТ УЭ 2007
O`ZGARMAS TOK ZANJIRLARIDA BAJARILADIGANO`LCHASHLAR. 1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad. 1. Elektr energiyasi iste'molchilarining sxemasini yig`ib, tarmoqqa ulashni o`rganish (ketma-ket, parallel va aralash ulash ) 2. Magnitoelektrik sistemadagi ampermetr va voltmetrning tuzilishi bilan tanishish. 3. Turli ulash sxemalarida, zanjirning ayrim qismlari va butun zanjir uchun tok kuchi va kuchlanishni o`lchashni o`rganish. 4. O`zgarmas tok zanjiri uchun Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlarini amalda tekshirish. 2. Tajriba ishiga tushuntirish. Uch lampadan har birining qarshiligini ampermetr va voltmetr usuli bilan aniqlash (1.1-rasm). Bunda lampalarni navbati bilan ulab, ampermetr va voltmetrlarning ko`rsatishlari yozib olinadi, shu qiymatlarini Om qonuni formulasiga qo`yib har bir lampa spiralining qarshiligi aniqlanadi. Uchta parallel ulangan chug`lanish lampasi spiralining umumiy qarshiligini aniqlash (1-rasm). Om qonuni bo`yicha bu yerda I -ampermetrning ko`rsatishi, a , U-voltmetrning ko`rsatishi, v . Lampalarni parallel ulash sxemasi bo`yicha quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi: a) zanjirdagi umumiy tok, parallel ulangan iste'molchilardagi toklarning yig`indisiga teng (Kirxgofning 1-qonuni). Ium = I1 +I2 +I3 . Berilganlar 1.1 va 1.2-jadvallardan olinadi; b) parallel ulangan iste'molchilarning hisobiy zanjir qarshiligi (Rx) qo`yidagi formula bilan hisoblanadi: bu yerda R1 , R2 , R3 larning grafiklari 1.1-jadvaldan olinadi. Jadvaldan olinganlar buyicha (1.2-jadval) hisobiy qarshilik (RX) umumiy qarshilik (RUM) bilan solishtiriladi. Ketma-ket ulangan lampalar spiralining qarshiligini aniqlash. Ketma-ket ulanganda, har bir lampa spiralining qarshiligi Om qonuni bo`yicha aniqlanadi: bu yerda I-zanjirdagi tok, a. U1, U 2 , U 3- har bir lampadagi kuchlanishning tushuvi, v. Kuchlanishlarning bu tushuvi har bir lampaga navbati bilan ulanadigan voltmetr yordamida o`lchanadi. Umumiy qarshilik Om qonuni bo`yicha aniqlanadi: bu yerda U–tarmoq kuchlanishi, v. Lampalarni ketma-ket ulash sxemasi bo`yicha (1.2-rasm) quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi; a) lampalar ketma-ket ulangan zanjirning hisobiy qarshiligi (Rx) alohida lampalar qarshiliklarining yig`indisiga teng: RЩ = R 1 +R 2 +R 3 . Bu qiymatlar jadvaldan olinib, RUM bilan solishtiriladi; b) zanjirga berilgan kuchlanish, ayrim lampalardagi kuchlanishlar tushuvining yig`indisiga teng (Kirxgofning 2-qonuni) U = U 1 +U 2 +U 3 v) zanjirning barcha qismlarida tokning miqdorlari teng. 4. Aralash ulanganda (1.3-rasm) lampa spiralining qarshiligi va butun zanjirning umumiy qarshiligi Om qonuni bo`yicha aniqlanadi L2 va L3 lampalar parallel ulangani uchun U2 =U3 deyish mumkin. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling