У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар


KONDENSATORLAR YORDAMIDA QUVVAT KOEFFITSIYENTINI OSHIRISH


Download 1.94 Mb.
bet14/27
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408512
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
МЕТ УЭ 2007

KONDENSATORLAR YORDAMIDA QUVVAT KOEFFITSIYENTINI OSHIRISH.

1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad.


1.Elektr energiyasi iste'molchilariga parallel ulangan kondensatorlar sig`imini o`zgartirish yo`li bilan quvvat koeffitsiyentining o`zgarishini tekshirish.


2. Quvvat koeffitsiyenti birga yaqin bo`lganda kondensatorlar sig`imini aniqlash.
3. Quvvat koeffitsiyenti o`zgarganida liniyadagi quvvat isrof-garchiligini aniqlash.
4. Quvvat koeffitsiyenti o`zgarganda iste'molchilarning qism-larida kuchlanishning o`zgarishini aniqlash.



  1. Tajriba ishiga tushuntirish.

1.Quvvat koeffitsiyenti quyidagi formula bilan aniqlanadi:



bu yerda Р2–iste'molchining quvvati, vt
U2–iste'molchining qismlaridagi kuchlanish, v
I–liniyadagi tok, a
Iste'molchilarning quvvati o`zgarmas bo`lganda, cos  o`zgarsa, iste'molchilarning qismlaridagi kuchlanish va uzatgich liniyadagi quvvat isrofgarchiliklari ham o`zgaradi. Bunday bo`lishiga sabab, iste'molchining quvvati o`zgarmasa, uning cos sining turli qiymatlarida liniya tokining ham turlicha bo`lishidir.
Liniyadagi tokning kattaligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

Bu formuladan ko`rinadiki, cos kamaygan sari liniyadagi tokning kattaligi orta boradi. Bunda, uzatkich liniyadagi quvvat isrofgarchiligi ortadi, ya'ni
P = I 2 . R L = Р1 – Р2
bu yerda RL–simlarning qarshiligi, om;
P1–manbadan iste'mol qilinadigan quvvat (liniya boshlanishidagi quvvat ), vt.
cos ning kamayishi bilan liniyadagi kuchlanish isrofgarchiligi orta borib, iste'molchining qismlaridagi kuchlanish kamayadi, ya'ni
U2 = U1 - U ;  U = U1 – U2
bu yerda U1 –liniya boshlanishidagi kuchlanish, v.
Bu tajriba ishidagi sxema elektr energiyasi uzatish liniyasini aks ettiradi. Iste'molchi sifatida qarshiligi ZF bo`lgan induktiv g`altak olingan. G`altak yuklama xarakteri buyicha, sanoat tarmoqlarida asosiy iste'molchi hisoblangan elektr dvigatellarini aks ettiradi. Uzatkich liniyaning qarshiligi po`lat uzakli g`altakning qarshiligi ZL tarzida berilgan.
Dvigatellar iste'mol qiladigan reaktiv tok katta bo`lgani uchun sanoat tarmoqlarida cos kichik bo`ladi. Uni dvigatellarga parallel kondensatorlar ulash yo`li bilan oshiriladi.
Ushbu tajriba ishida ham shunday qilinadi. Amalda, iqtisodiy nuqtai nazardan, cos = 0,9  0,95 bo`lgani ma'qul.
3. Ishni bajarish tartibi.



  1. 9.1-rasmdagi sxema yig`iladi.

2. Kondensatorlar ajratilganda (С=0), zanjirni ulab, asboblarning ko`rsatishini 9.1-jadvalga yoziladi. Kalit K yordamida liniya boshidagi quvvat Р1 (1-holat ) va liniya oxiridagi quvvat Р2 (2-holat )ni o`lchanadi.


3. Kondensatorlar ulangandan so`ng ularning sig`imini o`zgartirib, asboblarning ko`rsatishini 8.1-jadvalga yoziladi. Rostlash reostati RROS yordamida liniya boshidagi kuchlanishni o`zgartirmasdan, kondensatorlar sig`imini o`zgartirib o`lchashni bir necha marta o`tkaziladi.
Dastavval liniyadagi tok kamaya borib, so`ngra orta boshlaydi. Boshlanishda kondensatorning sig`imi 2 mkf dan o`zgartirish kerak. Minimal tokka tegishli bo`lgan sig`im miqdorini to`g`ri aniqlash uchun, minimal tok chegaralarida kondensator sig`imini 1 mkf dan o`zgartiriladi.
4. Minimal tokni aniqlash. Liniyaning minimal tokida cos birga teng.
5. Zarur bo`lgan hisoblashlar bajariladi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling