U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar 
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va 
ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan 
sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, 
aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul 
mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul 
mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya 
deyiladi.
Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar - 
investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor 
deyiladi. 
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib aholi keng qatlamlarining 
jamg‘armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va 
investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin. Odatda, 
jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan 
investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga 
oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq 
xo‘jalik va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib 


161 
hisoblanadi. Bu o‘rinda «jamg‘aruvchi» va «investor» bir sub’ektda 
mujassamlashadi. 
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: 
- investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, 
pul jamg‘armalari va h.k.); 
- qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); 
- jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan 
mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari); 
- davlat byudjeti mablag‘lari; 
- chet elliklar mablag‘lari.
Mamlakatimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham 
yillar davomida o‘zgarib bormoqda (4-jadval).  

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling