U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 


156 
S S=S(Y) 
E
0
B E
2
 
0
Y
1

2-chizma. Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri. 
Chizmadan ko‘rinadiki, jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri iste’mol 
funksiyasi tasvirining aksi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0 
darajadagi jamg‘arishni, 0Y yotiq chizig‘ining 0 darajadan pastki qismi manfiy 
jamg‘arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg‘arishni anglatadi. E
0
E
2
kesma 
sof daromadning Y
1
darajasidagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi. 
Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob’ektiv 
va sub’ektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining 
ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari 
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
- barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk darajasi
- narxlar darajasi; 
- real foiz stavkalari; 
- iste’molchining qarzdorligi darajasi
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi. 
Sub’ektiv omillar asosan iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi 
hatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga 
bo‘lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi 
darajasining o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin.
Sub’ektiv omillar ta’sirida iste’mol va jamg‘arma darajasining o‘zgarishini 
shartli ma’lumotlar asosida tuzilgan quyidagi jadval orqali ko‘rib chiqamiz.


157 
3-jadval.
Iste’mol va jamg‘arma darajasi, mlrd. so‘m (shartli raqamlar asosida) 
Yil-lar Daro-
mad 
darajasi 
(Y) 
Iste’-mol
(C) 
Jam-
g‘arma
(S) 
Icte’molga 
o‘rtacha 
moyillik 
(S : Y) 
Jamg‘a-
rishga 
o‘rtacha 
moyillik 
(S : Y) 
Iste’molga 
keyingi 
qo‘shilgan 
moyillik 
(∆S : ∆Y) 
Jamg‘arishga 
keyingi 
qo‘shilgan 
moyillik 
(∆S : ∆Y) 
2000 
1500 
1300 
200 
0,87 
0,13 


2010 
1800 
1500 
300 
0,83 
0,17 
0,67 
0,33 
2018 
2200 
1700 
500 
0,77 
0,23 
0,50 
0,50 
Jadvaldan ko‘rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan 
uning iste’mol va jamg‘armaga sarflanishi o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib bormoqda. 
Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o‘sib borgan sari ularning jamg‘armaga 
bo‘lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste’mol va jamg‘armaga 
bo‘lgan o‘rtacha va keyingi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichlari orqali ham kuzatish 
mumkin.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling