U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi 
saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli 
erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun 
mavjud korxona bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va 
sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha xuddi o‘shanday yana bir 


172 
korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab 
chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi. 
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini 
kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, 
yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi 
malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq 
foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan 
resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining 
o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud 
bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Shu 
sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida 
so‘z yuritiladi. 
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham 
mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi
mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda 
massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi; 
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi; 
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat; 
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va 
kooperatsiyasi. 
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa 
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha 
hisoblab chiqilgan YAIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda 
iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari 
o‘rtasidagi nisbat ham o‘rganiladi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling