U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Iqtisodiy nisbatlar va ularning turlari


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

1. Iqtisodiy nisbatlar va ularning turlari 
 
Iqtisodiy mutanosiblik (nisbatlar) – iqtisodiyotning turli tomonlari va 
sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo‘lishidir. Bunda 
tenglik shart bo‘lmay, ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) 
bo‘lishi mumkin. 
Mutanosibliklarni quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin. 
1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi 
tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi; iqtisodiyotdagi 
tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari 
bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini 
ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat xalq 
xo‘jaligi juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat bo‘lib, ularning rivojlanishi bir-
birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol 
qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o‘z iste’molchisini topadi. Masalan, 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarning ko‘pchilik qismi (paxta, g‘alla, pilla, sut va h.k.) 
sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi 
va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O‘z navbatida sanoatning ishlab 
chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo‘jaligining boshqa 


188 
tarmoqlari (qishloq xo‘jaligi, qurilish va h.k.)da unumli iste’mol qilinadi. Bu 
ularning bir-biriga bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo 
mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa 
tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi. 
3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy 
ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali 
ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi 
soha va ishlab chiqarishlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning 
ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, 
qishloq xo‘jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o‘rtasidagi 
mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga ta’kidlab o‘tilgan sohalarning ichidagi 
tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida ham bog‘liqlik bo‘lishi zarur. Masalan, sanoatning 
qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go‘sht ishlab 
chiqarish sohalari o‘rtasida va boshqalar 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling