U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash usullari
- Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi
iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi. To‘rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bo‘lib bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi. Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat – bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning Iqtisodiy muvozanatning mazmuni va tarkibiy tuzilishi Ko’rinishi bo’yicha Makroiqtisodiy Mikroiqtisodiy Xususiy Ta’minlanish muddatlari bo’yicha O’rta muddatli Qisqa muddatli Bir lahzalik Tarkibiy tuzilishi Iqtisodiy mutanosiblik Iqtisodiy nisbatlar Uzoq muddatli 191 me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladigan muvozanatlar tizimini o‘z ichiga oladi. 3. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash usullari Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o‘zaro bog‘liq usuldan foydalaniladi: 1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; 2) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (C+I n ) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YAIM o‘rniga SMMning qo‘llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (X n ) e’tiborga olinmaydi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki, u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, sof milliy mahsulot muvozanatli darajasida ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (C+I n ) teng bo‘ladi (2-chizma). Chizmadan ko‘rinadiki, yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi tenglik ushbu ko‘rsatkichlar joylashgan o‘qlarning o‘rtasidan 45 burchak ostida o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan ham bu to‘g‘ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo‘nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni ko‘rsatadi. S chizig‘i esa iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o‘sib boradi. YAlpi sarflar (C+I n ) chizig‘ini hosil qilish uchun iste’mol sarflarining (C) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar (I n ) miqdori qo‘shib boriladi. Bu o‘rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi 192 daromad darajasiga bog‘liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig‘i iste’mol sarflari chizig‘idan I n miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi. Yalpi xarajatlar, C+I n (C+I n =SMM) C+I n C E Retsession (C+I n ) E farq Inflyasion farq I n 45 SMM E Real ishlab chiqarish hajmi, SMM Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling